Quyosh nurining o’simlikka tushayotgan 75%i o’simlikdan suvni bug’latishga sarf bo’ladi. Bunda suv bug’latish tezlashadi. Bu hol hozirgi davrda suv muammosini hal etishda muhim ahamiyatga ega.
3
Fotoperiodizm
O’simlik va hayvonlarning hayotini uyg’unlashtirish uchun muhim (ayniqsa ko’payish davrida) ahamiyatga ega.
4
Harakatlanishi
O’simliklarda kuzatiladigan fototropizm va fotonastiyalar o’simlikni yetarli yorug’lik bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Fototaksis bir hujayrali o’simliklar va hayvonlarda o’ziga xos yashash joyini tanlashda rolь o’ynaydi.
5
Hayvonlarning ko’rishi
Eng muhim organizmdagi funktsiyalardan biri hisoblanadi.
6
Boshqa jarayonlar
Odamlarda D vitaminni sintezlanishi, terini qorayishi kabi himoya moslanishlari. Tik tushayotgan nurdan qochish kabi xulqiy harakatlar.
NAMLIK OMILINING TIRIK ORGANIZMLAR
HAYOTIDAGI AHAMIYATI
Organizmlarning suvga bo’lgan talabi, har xil namlik sharoitlarda yashashi hamda moslashishlariga ko’ra to’rt asosiy guruhga ajratiladi:
Suvda yashovchi (o’simliklar-gidrofitlar, hayvonlar-gidrofillar).
Ortiqcha namlikda yashovchilar (gigrofitlar, gigrofillar).
O’rtacha namlikda yashovchi (mezofitlar, mezofillar).
Qurg’oqchil sharoitda yashovchilar (kserofitlar, kserofillar).
Barcha o’simliklar suv bilan ta’minlanishi yoki namlik sharoitiga moslanishiga ko’ra 5 ta