Organizmlarning o’sishi va rivojlanishi birinchi navbatda ekologik minimum yoki ekologik maksimum qiymatlariga yaqinlashuviga muhit omillariga bog’liq
Organizmlarning ekologik chidamliligi (valentligi) va olerantligi bo’yicha organizmlarning tasnifi.
№
Organizmlar
Belgilari bo’yicha tasnifi
1.
Evriterm
Yashayotgan muhitda haroratning ma‘lum darajada o’zgarishiga moslashgan orga-nizmlar.
2.
Stenoterm
Muhit haroratining keskin o’zgarishiga chidamsiz organizmlar.
3.
Evrigal
Atrof-muhitning sh`rligini yoki kimyoviy tarkibini xiyla o’zgartirib yuboradigan organizm.
4.
Stenogal
Yashash muhitining `ta noqulayligi (she`rligi, iqlimi va boshq.) va kuchli o’zgarishiga chidamsiz organizm.
5.
Evrigigrobiont
Atrof muhitning namligini xiyla o’zgartirib yuboradigan organizm.
6.
Stenogigrobiont
Iqlimdagi yog’in me‘yori yo kamligi, bosim miqdo-rining keskin o’zgarishiga chidamsiz organizmlar.
7.
Evriionlilik
Har xil kislotali muhitda yashashga moslashgan organizmlar.
8.
Stenoionlilik
Organizmlarning uncha kuchli b`lmagan kislotali muhitda yashashga moslashuvi.
9.
Evrioksibiont-lilik
Katta miqdordagi kislorodning boshqa joyga o’tish i (masalan, suvda).
10.
Stenooksibiont-lilik
Katta miqdordagi kislorodning boshqa joyga o`ta olmasligi.
11.
Evritrof
Juda ko’p b`lmagan oziqa ob‘ektlaridan oziqlanadi.
12.
Stenotrof
Uncha katta b`lmagan oziqa ob‘ektlaridan oziqlanadi.
13.
Evrifat
Yorug’lik rejimi turlicha bo’ladigan sharoitda va nurlanishning xilma-xil turlari ancha ta‘sir etganda ham me‘yorda yashashga qodir organizm.
14.
Stenofont
Faqat qisqa yorug’likda yashash doirasi chegarasi.
15.
Evrixor
Keng ekologik valentlik bilan tavsiflanadi.
16.
Stenoxor
Qisqa ekologik valentli organizmlar.
Biomaromlar
Yerdagi barcha hayotiy jarayonlar hujayradan tortib biosferagacha maʼlum ritmga boʼysunadi. Tabiatdagi biologik ritmlar barcha jonli organizmlar uchun ichki (oʼzining hayotiy faoliyatlari bilan bogʼliq boʼlgan) va tashqi xususiyatlarga boʼlinadi. Organizmlarda sodir boʼladigan biologik ritmlar maʼlum bir omillar Taʼsirida vujudga keladi. Shuning uchun ham biz ana shu omillar ustida qisqacha toʼxtalib oʼtamiz.
Ichki davriylik. Bu organizmlarda sodir boʼladigan oʼzgarishlardir. Tirik organizmlarda kechadigan barcha fiziologik jarayonlar uzluksiz davom etmaydi.
Tashqi (ekzogen) ritmlar. Tabiatda doimiy ravishda takrorlanib turadigan ana shunday muhim oʼzgarishlar jumlasiga, avvalo, Yerning quyosh atrofida, oyning esa yer va oʼz oʼqi atrofida aylanishi natijasida kelib chiqadigan mavsumiy hamda sutkalik davriylik kiradi.
Sutkalik ritmlar
Yillik ritmlar. Yillik ritmlar tirik organizmlardagi eng universal ritmlar hisoblanadi.
Аgar tirik organizmlar yil davrlariga moslashmasa, ular nobud boʼlishi mumkin. Masalan, tinim bosqichlari qishgacha shakllanib boʼlsa, individlar nobud boʼladi.