3. Soyaga chidamli yoki fakultativ geliofit o’simliklar.
1. Yorug’sevar (geliofit) o’simliklar. Ular yorug’lik yetarli bo’lgandagina normal o’sishi va rivojlanishi mumkin.
Bunday o’simliklarga dasht, cho’l zonalaridagi o’simliklar, o’tloqzorlardagi qo’ng’irboshdoshlar va boshqa ba’zi turlar, o’rmon o’simliklar jamoasining birinchi qatlamini tashkil etuvchi baland bo’yli daraxtlar, O’rta Osiyo sharoitidagi qisqa vegetatsiya qiluvchi ko’p yillik o’t o’simliklarining efemeroid tipidagi hayot shakllari va boshqalar kiradi.
2. Soyasevar (stsiofitlar)
Ular kuchsiz yorug’lik tushayotgan joylarda o’suvchi o’simliklardir. Bularga o’simliklar qoplamining pastki qatlamlarida o’suvchi turlar, moxlar, plaunlar, paporotniklar, yong’oqzolar ostida o’suvchi yovvoyi xina, tog’gunafsha kabilarni ko’rsatish mumkin. Yorug’sevar va soyasevar o’simliklar morfologik, anatomik va fiziologik xususiyatlari bilan bir-birlaridan farqlanadi.
Moslashish jarayoni organizmlarni ular hayotidagi o‘rni va tashqi tuzilishini ifodalaydi. Buni biz ekologik nisha (joy) bilan ham izohlashimiz mumkin. Ya’ni, qancha ekologik tur mavjud bo‘lsa, shuncha ular uchun yashash muhiti mavjud bo‘ladi.
“Nisha” terminifransuzcha “niche” – chuqurlashuv, degan ma’noni ham anglatib, bu nafaqat yashash joyi, balki tabiatda turning o‘rni, biologik jamoadagi funksional roli, tashqi muhit omillariga bardoshliligi ham hisoblanadi Kooperatsiya - ikki organizm bir-birlari bilan kooperatsiya hosil qiladilar. Bunday kooperatsiya ikki organizm uchun ham ustunliklarga ega.
EKOLOGIK NISHA
Evolyutsiya jarayonida organizmlarning ekologik omillarga aniq bir miqdor chegarasida moslashuv qobiliyati shakllanadi.
Organizmlarning bu xususiyati ekologik chidamlilik deb ataladi.