2) artikulyastiyasi qiyin bo’lgan r, k, v, f kabi undoshlar va yo‘l-bars, do‘st, rasm kabi tuzilishdagi so’zlar o’rganiladigan bosqich;
3) o’rganilganlar takrorlanib, harf birikmalari ng, sh, ch, 2 tovushni ifodalaydigan j, tutuq belgisi (’) va jo‘ja, jurnal, jirafa, tong, so‘ng, bodring, choynak, shudring va shu kabi so’zlarni o’qishga o’rgatiladigan bosqich.

Fonetik ishlar sohasida jarangli va jarangsiz undoshlarni taqqoslashga, ularning so’z ma’nosini farqlashdagi faoliyatini aniqlashga oid mashqlar o’tkaziladi (ziyrak-siyrak, dil-til kabi)
Alifbo davrining oxirida o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlari zarur:
hamma tovushlarni tanishi va har qanday holatda to’g‘ri talaffuz qilishi;
so’zning bo’g‘in-tovush, tovush-harf tahlilini bilishi, so’zdagi tovushlarning izchil tartibini aniqlay olishi, kerakli tovushni so’z va bo’g‘inga ajrata olishi;
kesma harf va bo’g‘inlardan so’z tuza olishi va o’qishi;
2-3-4 bo’g‘inli so’zlarni yaxlit, adabiy-orfoepik talaffuz bilan o’qishi;
gaplarni ohangiga rioya qilib o’qishi;
o’zi o’qigan matnning mazmunini tushunib, ongli o’qishi;
o’qigan matn mazmunini savollar asosida soddagina qilib qayta hikoyalab berishi;
o’qigan matnga sarlavha topa olishi;
to’g‘ri, tez, ongli va ifodali o’qish malakalariga ega bo’lishi.
Alifbo davri yozuv darslarining vazifasi kichik va bosh yozma harflarni to’g‘ri shakllantirish, harflarni to’g‘ri ulash, alifbeda o’qigan bo’g‘in, so’z va gaplarni namunaga qarab yozish, harf, bo’g‘in, so’z, gap diktantlarini yozish ko’nikmasini shakllantirish, izohli, saylanma, ko’ruv, ta’limiy diktant yoza olishlariga erishish, umuman, grafik malakani shakllantirishdir. Savod o’rgatish jarayonining oxirida bir darsda, agar darsning 2-3 qismi yozuvga ajratilsa, 20 tagacha so’z yoza olishlari talab qilinadi.

Dostları ilə paylaş: |