Yaxshi o’qish sifatlari va ularning shakllantirish yo’llari

Yangi material o’rganiladigan o’qish darsida asosiy ish turlari quyidagilardir

Yüklə 393,31 Kb.
səhifə8/13
tarix04.06.2023
ölçüsü393,31 Kb.
#124871
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
ona tili 55555

Yangi material o’rganiladigan o’qish darsida asosiy ish turlari quyidagilardir
1. O’rganiladigan yangi tovushli so’zni (shu tovush so’z boshida, o’rtasida, oxirida kelgan so’zni) bo’g‘in-tovush tomonidan tahlil qilish bilan ajratish. Bunda yangi tovush ajratiladigan so’zni o’quvchilar rasm asosida o’zlari tuzgan gaplar ichidan oladilar. Tovushni ajratishda shu so’zning chizmasi-modeliga asoslanadilar. Tovushlarni eshitish, talaffuz qilish, ularning artikulyastiyasi (nutq organlarining tovush chiqarishdagi ishi) ustida mashq qilinadi.
2. Kichik va bosh harflar bilan tanishtiriladi. Bo’g‘inlar o’qitiladi.
3. So’zlarni avval xattaxtadan, keyin “Alifbe”dan o’qish. Harf bo’g‘inlaridan harf terish kartonida so’z, so’z birikmasi, gap tuzish va ularni o’qish, so’z ma’nosi ustida ishlash.
4. Matnni o’qish va tahlil qilish, uni qayta o’qish, rasmning matnga bog‘liqligini belgilash.
4. Matnni o’qish va tahlil qilish, uni qayta o’qish, rasmning matnga bog‘liqligini belgilash.
5. Nutq o’stirish: lug‘atni boyitish, so’z birikmasi, gap, bog‘lanishli hikoya tuzish.
6. Umumlashtirish: yangi harfni jadvalga qo’yish, yangi o’rganilgan tovushning unli yoki undosh ekanligini aniqlash, yangi harfni ilgari o’rganilganlar bilan qiyoslash, tovush va harfning ahamiyatini takrorlash va hokazo.
7. O’rganilganlarni mustahkamlash darsida yangi tovush ajratiladi, yangi harf bilan tanishtirish mashqidan tashqari barcha ish turlaridan foydalaniladi, shuningdek, qo’shimcha so’zlar va matnlar bilan ishlanadi; matnni o’qish va tahlil qilishga, ko’rgazma vositalar bilan ishlashga (harfni terish kartoni, magnit doskasi, sirli mato, rasmlar va boshq.) nutq o’stirishga, o’yinlar va qiziqarli materiallarga, ilgari o’rganilgan tovushlar va harflarni takrorlab mustahkamlashga alohida ahamiyat beriladi, tarqatma materiallardan ham foydalaniladi.
8. Birinchi uchragan so’zlar bilan ishlash: ochiq bo’g‘inda dastlab undosh, keyin esa unli o’qiladi, yopiq bo’g‘inda esa unli bilan tugagan ochiq bo’g‘inni o’qib, keyingi undosh o’qiladi va so’zni yaxlit o’qishga o’rgatiladi. Yangi so’z urg‘usi qo’yilgan holda beriladi, bu uni o’qishga, bo’g‘inlab o’qishdek sintetik o’qishga (so’zni butunligicha o’qishga) yordam beradi. Bunda yangi so’zni xattaxtada katta bosma harflar bilan yozish, o’quvchilarga o’qitish tavsiya qilinadi. So’z shivirlash bilan o’qiladi, kesma harf bo’g‘in bilan yoziladi.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin