Darsning maqsad va vazifalari:
Maqsadlar:
1. Ta’limiy maqsad: O`quvchilarning “Bo’g’in va uning ahamiyati” mavzusi yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlash, “Yo’limizdagi to’siqlar” matni bilan tanishtirish.
2.Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash, ta’lim olish uchun yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanishga undash orqali bilim olishga qiziqishlarini oshirish.
3.Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarning og`zaki nutqlari, so`z boyliklarini oshirish, bexato bo`g`in ko’chirish ko`nikmalarini rivojlantirish.
|
Kutilayotgan natija:
|
Dars yakunida o`quvchilar mehnatsevarlik haqida to`liq ma’lumotga ega bo`ladilar. “Bo’g’in va uning ahamiyati” mavzusi yuzasidan bilimlari mustahkamlanadi, o`qish, yozish va nutq ko`nikmalari rivojlanadi.
|
Dars jarayoni va texnologiyasi
|
Ishning nomi
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Metod va jarayonlar
|
Vaqt
|
I-bosqich.
Tashkiliy qism
|
O`quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga hozirligi tekshiriladi.
|
“Tezjavob ” didaktiko`yini
|
2 daqiqa
|
II-bosqich. Ehtiyoj(refleksiya)
larni aniqlash.
|
Dars davomida rioya qilish lozim bo`lgan qoidalar belgilanadi. Dars shiori ishlab chiqiladi.
|
Munozara
|
2 daqiqa
|
III-bosqich.
Darsning borishi
|
1. O`tilgan mavzu yuzasidan savol-javob, tarqatma materiallar bilan ishlash. Uyga vazifani mustahkamlash.
2. “Yo’limizdagi to’siqlar ” mavzusida kirish suhbati.
3. Matn ustida ishlash. Rollarga bo`lib o`qitish.
4.Matn asosida savollarga shaxsiy fikr bildirish.
5. Matnni mavzu bilan bog’lash. (Darslikning 94,95-mashqlari)
6. Mavzuning nazariy asoslarini yoritib berish. (96-mashq)
|
Savol-javob.
Ifodali o’qish
Ifodali o`qish
Munozara
Yozish, muhokama
Grafik va chizmalar
|
5 daqiqa
3 daqiqa
15daqiqa
5 daqiqa
|
IV bosqich.
Guruh bilan ishlash.
|
O`quvchilar guruhga bo`linib o`qituvchining topshirig’i asosida topshiriqlar bajarishadilar.
|
Yozish, so’zlash
|
10 daqiqa
|
V. Muhokama.
Uyga vazifa
|
Dars yakunida o`rganilganlarni muhokama qilish.
“Yo’limizdagi to’siqlar” matnini ifodali o`qish hamda 97-mashq beriladi.
|
Munozara
|
2 daqiqa
|
VI. Rag`batlantirish.
|
O`quvchilar darsdagi faolligiga qarab rag`batlantiriladi.
|
Tushuntirish.
|
1 daqiqa
|