488
Uslubiy ko‘rsatmalar.
Shunday hollar ham bo‘ladiki, yangi shogird-
lar tashqarida uch marta burilishni yaxshi bajaradilar-u,
ammo doiraga
kirganda o‘zlarini yo‘qotib qo‘yib, burilishni noto‘g‘ri bajaradilar.
Bunday hollarda burilish maydonchasini asta-sekin kichraytira borish
kerak. Buning uchun yerga diametri 2-5 metr keladigan doira chizib,
bir necha mashg‘ulot davomida uni asta-sekin normal doira (2,135 m)
shakliga olib kelish lozim. Yangi kelgan shogird yerga chizig‘liq mana
shu doira ichida harakatlarni to‘g‘ri bajargandan so‘ng, temir gardishli
normal stement doiraga o‘tishi mumkin.
Yengil bosqon, og‘ir (yoki ikkita) bosqonni
qisqartirilgan yoki
uzaytirilgan bosqonlarni uch burilib uloqtirish eng ko‘p tarqalgan
maxsus mashqlardir. Shuningdek, turli xil og‘irlikdagi asboblar
va og‘ir buyumlarni uch burilib ikki qo‘l bilan va chap qo‘l bilan
uloqtirish ham shu jumlaga kiradi.
Dostları ilə paylaş: