Yengil atletika va uni


Bosqon uloqtirish texnikasini o‘rgatish uslubiyati



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə228/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

5.3. Bosqon uloqtirish texnikasini o‘rgatish uslubiyati
Bosqon uloqtirishni o‘rgana boshlagan yangi shogird birinchi 
mash 
g‘ulotdayoq, bosqonni unchalik tez bo‘lmagan harakatlari 
natijasida vujudga keladigan 40-50 kg chamasidagi tortish kuchini 
yeng ishi kerak. Texnikani o‘zlashtirish jarayonida harakat tezligi va 
kuch yuklamasi ancha oshadi. Demak, bosqon uloqtirish texnikasi 
muvaffaqiyatli o‘rganish uchun bu ishga kirishgan kishi yetarli 
darajada kuchli va ildam bo‘lishi kerak.
Ayrim mashqlarni va uloqtirishni oldinga sekin sur’atda bajarish 
kerak. Keyin texnika to‘g‘ri bo‘lishini saqlab, sur’atni asta-sekin 
oshirib, maksimal darajaga etkazishga harakat qilinadi. Ayrim mashq-
larni takrorlash yoki takrorlamaslik ularning qanchalik o‘zlash-
tirilganiga bog‘liq. Bir darsda ko‘pincha bir necha vazifani hal 
etadigan mashqlar beriladi. Masalan, bir darsda dastlabki aylanishni 
(ko‘nikmani mutahkamlash uchun) mashq qilish, snaryadsiz 
aylanishni (oyoqlar harakatini) o‘rgatish va yadro (tosh, qadoq tosh, 
to‘ldirma to‘p va hokazolar) uloqtirish mashq qilish mumkin. Oxirgi 
kuch berishni (bir aylanib uloqtirishni qo‘shib) o‘rgatayotganda, ilgari 
o‘tilgan mashqlar (uloqtiruvchining dastlabki aylanishi va burilishlari) 
texnikasini takomillashtirishga ham e’tibor bersa bo‘ladi.
Bosqon uloqtirishni o‘rgatayotganda ehtiyot choralariga rioya 
qilish shart. Bosqon uloqtirishni va u bilan mashq bajarishni faqat 
musobaqa qoidalariga muvofiq jihozlangan joylarda o‘tkazish kerak.
Bosqon uloqtirish texnikasiga o‘rgatish vazifalari:
1-vazifa.
Shug‘ullanuvchilarni bosqon uloqtirish texnikasi bilan 
tanishtirish. 
Vositalari:
1. Bosqonning tuzilishini tushuntirish, uloqtirish joyi va musobaqa 
qoidalari to‘g‘risida so‘zlab berish.
2. Ko‘rgazmali qurollar (plakatlar, rasmlar, kinogrammalar) yorda-


485
mida uch marta aylanib bosqon uloqtirish texnikasini va texnikaning 
asosiy momentlarini ko‘rsatish va tushuntirish. Uloqtirish texnikasini 
kinoekranda ko‘rsatish.

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin