1.
Bosqon uloqtirishning sport turi sifatida shakllanishi va
rivojlanishi qaysi davrlardan boshlangan?
2.
Bosqon uloqtirish bo‘yichа dаstlаbki musоbаqаlаr nechinchi-
yildа o‘tkаzilgаn.
3.
Bosqon uloqtirish bo‘yicha musobaqalarida nechta hakam
bo‘ladi?
4.
Bosqon uloqtirish nechta ketma – ketlikda bajriluvchi element-
lardan iborat?
5.
Agar, bosqon uloqtirushchi qanday ko‘rinishdagi harakatlarni
amalga oshirsa, u holatda uloqtirishga urinish hisobga olinmaydi?
6.
Bosqon uloqtirish uzoqligi nimaga bog‘liq bo‘ladi?
7.
Yadro itqitish tezligi qanday bo‘lishi kerak?
8.
Erkaklar o‘rtasida bosqon uloqtirish bo‘yicha dunyo rekordi
qaysi davlat vakiliga tegishli?
9.
Ayollar o‘rtasida bosqon uloqtirish bo‘yicha dunyo rekordi qaysi
davlat vakiliga tegishli?
10.
Bosqonning uzоqqа uchishigа tа’sir ko‘rsаtuvchi оmillаr?
11.
Xalqaro yengil atletika federatsiyasi nechanchi-yildan boshlab
jahon yengil atletikachilari erishgan eng oliy yutuqlarni rekord sifatida
tan ola boshladi?
500
6 – BO‘LIM. KO‘PKURASH TURLARI
I BOB. O‘NKURASH
1.1.
O‘nkurashning rivojlanishi
Gretsiyadagi qadimgi olimpia o‘yinlarda ko‘pkurash (pentatlon)
kurashlarning asosiy turi hisoblangan, shuning asosida Olimpia
o‘yinlarini tashkillanishida ko‘pkurash ham tashkil topdi. Pentatlon
ma’nosi beshkurashni anglatadi. Bu musobaqada jismonan har
tomonlama rivojlangan, baquvat, kuchli atletlar musobaqalashgan.
Musobaqalar qadimgi Olimpia o‘yinlarida (beshkurash) bo‘yicha
o‘tkazilgan va bu musobaqalar o‘sha davrlarda mashhur va qiziqarli
bo‘lgan. unda uzunlikka sakrash, disk uloqtirish, (bir stadiyga
yugurish) ya’ni 192 metr 27 santimetrni tashkil etgan, nayza uloqtirish
va kurash tushishdan iborat bo‘lgan.
Zamonaviy Olimpiada o‘yinlariga 1912-yil o‘nkurash turi birinchi
bor kiritildi. O‘nkurash yengil atletika mashiqlarining 10-turini o‘z
ichiga olgan. Musobaqa ikki kun davomida o‘tkaziladi. Birinchi kun
100metrga yugurish, yugurib kelib uzunlikka sakrash,yadro itqitish,
yugurib kelib balandlikka sakrash, 400metirga yugurishdan iborat.
Ikkinchi kun 110 metrga g‘ovlar osha yugurish, disk uloqtirish,
langarcho‘p bilan balandlikka sakrash, nayza uloqtirish, 1500
metrga yugurishdan iborat. O‘nkurashchi sportchilarni natijalari
har bir turda ko‘rsatgan natijalari uchun olgan ochkolar yig‘indisi
bilan hisoblanadi, buning uchun maxsus ochkolar jadvali mavjuddir.
Bu olimpia o‘yinida hind millatida taalluqli amerkalik sportchi
R.Torp oltin medalni ko‘lga kiritdi. AQSh yengil atletikachilarning
o‘nkurashchilari ko‘p-yillar davomida oldingi o‘rinlarni egallab
keldilar, 1875-yildan boshlab tartibli ravishda masshtab o‘lchovlari va
talablar uchun yengil atletikaning ko‘pkurash musobaqalar o‘tkazila
boshlandi. 1924-yildagi Olimpia o‘yinlar g‘olibi X.Osborn bo‘lib
u bir vaqtning o‘zida balandlikka sakrashdan jahon rekordchisidir,
o‘zining musobaqalarga qatnashish davomida faqat 6-marta qayta
musobaqalarda o‘nkurashda qatnashadi,1932-yilga Olimpia chempioni
501
D.Baush esa 4-marta, 1936-yilga Olimpia chempioni K.Marris
3-marta qatnashadi. 1900-yildagi Parijdagi II-Olimpia o‘yinda uning
bir kurash dasturiga kiritilib ular gimnastik mashqlar (brusya, turnik,
hamda ot, tayanib sakrash va erkin mashqlar), yengil atletika turlari,
(uzunlikka sakrash, balandlikka sakrash, langarcho‘p bilan sakrash)
arqonga chiqish va 50 kgli og‘irlikni ko‘tarish. (V.A.Dryukov, 1991-
yil. V.N.Plashonov 1997-yil). 1904-yildagi Sant-Luiss shahrida bo‘lib
o‘tgan III-olimpia o‘yinlar dasturidan uchkurash (yadro itqitish, 100
yardga yugurish, uzunlikka sakrash) va oltikurash (gimnastika 4 to‘p
va yengil atletikaning ikki turi – yadro itqitish, 100 yardga (91,4metirga
yugurish) o‘rin oldi. 1912-yil V- Olimpia o‘yinlari Stokgolm shahrida
bo‘lib o‘tdi. Unda birinchi marta engil atletik o‘nkurash dasturiga
kirildi,hozirgi turlar kiritilib u faqat musobaqa o‘tkazish sharti
bilan farq qilar edi, bu musobaqa ikki kun emas, uch kun davomida
o‘tkaziladi. 1902-yilga olimpia o‘yinlarida o‘nkurashdan tashqari
musobaqa dasturiga yengil atletikani beshkurash turi kiritiladi, u
1920-1924-yilga olimpia o‘yinlar dasturidan chiqarilib tashlandi.
1880-yilgi Germaniyada bo‘lib o‘tgan musobaqa dasturiga
oltikurash (3 tur yengil atletika, 3 tur gimnastika) kiritiladi. 1984-yil
AQShda yengil atletikani sevuvchilar ittifoqi Amerikaga ko‘pkurash
musobaqalarini doimiy ravishda chempionat o‘tkazishni taklif
qilishlarida uning dasturiga quyidagi turlar kiritildi:
100 yardovga yugurish;
16 funtli yadroni itqitish;
Balandlikka sakrash;
½ millga yugurish;
16 futli bosqon uloqtirish;
120 yadroga g‘ovlar osha yugurish;
56 funt og‘irlikni uloqtirish;
Uzunlikka sakrash;
1 millga yugurish;
1984-yil AQSh birinchi marta turlar bo‘yicha ochkolar jadvali
ishlab chiqildi. Musobaqa 1 kun davomida o‘tkazilib o‘nkurash turi
orasidagi dam olish 5 minutni tashkil qilar edi (V.D.Polishuk va
boshqalar 2001-yil, R.N.Barnsh, va boshqalar 1996-yil). Halqaro
502
toifadagi o‘nkurashchilar birinchi marta yevropalik sportchilardir. Bu
jahon rekordchi sportchilar estonest A.Kluiberch, finlar P.Yurvelxo,
A.Yarvinen,va nemis G.Zivert. Rossiyalik xizmat ko‘rsatgan sport
ustasi A.Demin, I.Stepanchenok o‘nkurashdan birinchilardan bo‘lib
jahon miqiyosidagi natijaga yaqinlashgan bo‘lishsa, S.Kuznestov
birinchi bo‘lib 7 minglik ochkodan yuqori natija ko‘rsatdi.
1947-1950-yillarda rossiyalik sportchi o‘nkurashchi X.Lipp jahonning
eng kuchli o‘nkurashchilarni ro‘yxatini boshqaradi. V.Kuznetsov
XVI va XVII-Olimpia o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritib, 3
marta jahon va 6 marta Yevropa rekordini yangiladi. Tokiodagi XVII-
Olimpia o‘yinlarida Rossiyalik sportchi R.Aun o‘nkurashdan kumush
medalini qo‘lga kiritadi.XX- Myunxendagi Olimpiadasida rossiyalik
o‘nkurashchi I.Avilov yangi jahon rekordi o‘rnatib oltin medalni
olgan bo‘lsa, A.Litvinko ikkinchi bo‘lib bronza medaliga ega bo‘ladi.
1980-yildagi Moskvada bo‘lib o‘tgan XXII-Olimpia o‘yinlarida
rossiyalik sportchilar Yu.Kustenko va S.Jelanov kumush va bronza
medallari bilan taqdirlandilar.
80-yillarning eng kuchli o‘nkurashchisi D.Tom’.Son bo‘lib. U
1980 va 1984-yillarda Olimpia o‘yinlari g‘olibi va 1983-1986-yillarda
Yevropa birinchiliklar g‘olibi bo‘ldi. 1988-yildagi Seul Olimpia
o‘yinida G.D.R Siotiga kritilgan Shenka-8488 ochko bilan g‘olib
chiqdi. 1992-yildagi Barselona Olimpia o‘yinlarida 8611 ochko
bilan chexoslovakiyalik sportchi Robert Emelik g‘alaba qozondi.
1996-yildagi Atlanta shahrida bo‘lib o‘tgan XXVI Olimpia o‘yinlarida
AQSh lik sportchi D.O.Brayn 8824 ochko bilan g‘alaba qildi. 2000-yilgi
Sidneydagi XXVII-Olimpia o‘yinlarida estoniyalik o‘nkurashchi
Erki Noll 8641 ochko bilan oltin medalga erishdi. 2004-yildagi
Afina (Gretsiya) shahrida bo‘lib o‘tgan XXVIII-Olimpia o‘yinlarida
Chexiyalik o‘nkurashchi Roman Shebrle 8893 ochko to‘plab yangi
jahon rekordini yangilab olimpia chempioni nomini egalladi. Hozirgi
vaqtda o‘nkurash bo‘yicha jahon rekordi Amerikaning o‘nkurashchisi
Eshton Itonga tegishli bo‘lib, u 9026 ochko to‘plagan. U bu jahon
rekordini 27.05. 2012-yilda Amerika ochiq birinchiligida o‘rnatgan.
Bugungi kunda Osiyo rekordi Qozoqistonlik D.Karpovga taalluqdir.
U 8725 ochko bo‘lib 23-14-avgust 2004-yili o‘rnatilgan.
503
13-jadval
Dostları ilə paylaş: |