517
Keyinchalik ayollar o‘rtasidagi asosiy ko‘pkurash sport turi
beshkurash ko‘rinishida qaror topgan, 1949-yildan 1996-yilga qadar
bu tarkibga – 200 metr masofaga yugurish, 80 metrga tezlik bilan
yugurish, balandlikka
va uzunlikka sakrash, yadro uloqtirish mashqlari
kiritilgan. 1969-yildan boshlab 80 metr masofaga tezlik bilan yugurish
bilan birgalikda beshkurash tarkibiga 100 metr masofaga tezlik bilan
yugurish mashqlari ham kiritilgan.
1933-yildan boshlabgina, halqaro ayollar sport federatsiyasi
tomonidan rekord natijalar qayd qilinishi mumkin bo‘lgan yagona
dastur tasdiqlangan.
1933-yilda ko‘pkurash tarkibi – 100 metr masofaga yugurish,
balandlikka sakrash,
uzunlikka sakrash, yadro uloqtirish,
nayza
uloqtirish mashqlaridan tashkil topgan.
Beshkurash bahslari bo‘yicha dunyoda dastlabki rekordchi ayol
– T.Mauermayer hisoblanadi. U tomonidan o‘rnatilgan rekord natija
1946-yilgacha saqlab qolingan.
1948-yildan 1977-yilga qadar beshkurash dasturi tarkibi yana
sezilarli darajada o‘zgartirilgan, jumladan bunda yangi yo‘nalish
tarkibga kiritilgan va shuningdek,, mashqlarni bajarish ketma – ketligi
tartibi o‘zgartirilishi amalga oshirilgan.
1948-yilda ko‘pkurash tarkibi – 80 metr masofaga tezlik bilan
yugurish, yadro uloqtirish, balandlikka sakrash, uzunlikka sakrash,
200 metr masofaga yugurish mashqlaridan tashkil topgan.
1949-yilda esa – yadro uloqtirish, balandlikka sakrash, 200 metr
masofaga yugurish, 80 metr masofaga tezlik bilan yugurish, uzunlikka
sakrash mashqlarini o‘z ichiga olgan.
Ayollar o‘rtasidagi ko‘pkurash sport turining tashkil topganligiga
nisbatan ko‘p vaqt bo‘lmaganligiga qaramasdan, bu
davrda sport
musobaqalarida hisoblashlar tizimi, shuningdek, ko‘pkurash
tarkibiga
kiritiluvchi yengil atletika sport turlari, ularning soni, bajarilishi tartibi
ketma – ketligi bo‘yicha ko‘plab o‘zgarishlar amalga oshirilgan.
Beshkurash sport turi 1950-yilda birinchi marta Bryussel shahrida
o‘tkazilgan Yevropa chempionati dasturi tarkibiga kiritilgan.
1961-yilda ko‘pkurash sport turining tarkibi – 80 metr masofaga
tezlik bilan yugurish, yadro uloqtirish, balandlikka sakrash, uzunlikka
sakrash, 200 metrga yugurish mashqlaridan tashkil topgan.
518
1964-yilda ayollar o‘rtasidagi ko‘pkurash sport turi birinchi marta
Tokio shahrida o‘tkazilgan Olimpiada o‘yinlari dasturi tarkibiga
kiritilgan. Bu musobaqada ushbu sport turi yo‘nalishida oltin medalni
Sobiq Ittifoqlik sportchi ayol – I.Press qo‘lga kiritgan (uning umumiy
natijalari – 5246 ochkoni tashkil qilgan).
1969-yilda ko‘pkurash tarkibi – 100 metrga tezlik bilan yugurish,
yadro uloqtirish, balandlikka sakrash, uzunlikka sakrash, 200 metr
masofaga yugurish mashqlaridan tashkil topgan.
1977-yilda esa – 100 metrga tezlik bilan yugurish, yadro uloqtirish,
balandlikka sakrash, uzunlikka sakrash, 800 metr masofaga yugurish
mashqlaridan tashkil topgan.
Beshkurash sport turining tarixi 1980-yilda Moskva shahrida
o‘tkazilgan Olipiada o‘yinlarida tugagan. Bu musobaqada birinchi
o‘rinni Sobiq Ittifoqlik sportchi ayol – N.Tkachenko egallagan, u
umumiy hisobda 5083 ochko to‘plagan va beshkurash bo‘yicha oxirgi
dunyo rekordini o‘rnatgan. Keyinchalik, 1981-yilda IAAF qaroriga
binoan, ayollar o‘rtasida yangi yengil atletika sport turi – ya’ni,
yettikurash bahslari tashkil topgan.
1981-yilda yettikurash sport turi tarkibiga – 100 metr masofaga
tezlikda yugurish, balandlikka sakrash, yadro uloqtirish, 200
metrga
yugurish, uzunlikka sakrash, 800 metr masofaga yugurish mashqlari
kiritilgan (ilovada keltirilgan 15 – jadvalga qarang).
Ayollar o‘rtasida yettikurash sport turi yo‘nalishida o‘tkazilgan
musobaqalarda dunyo bo‘yicha rekord o‘rnatgan sportchilar ro‘yxati
faqat uchta sportchidan tashkil topgan:
1. Raymona Noybert (Sobiq Germaniya Demokratik respublikasi)
– 6836 ochko, 1983-yil (13.42 – 15.25 – 1.82 – 23.49 – 6.79 – 49.94.
– 2:07.51);
2. Sabina Petst (Sobiq Germaniya Demokratik respublikasi – 6946
ochko, 1984-yil (13.42 – 15.37 – 1.80 – 23.37 – 6.86 – 44.62 – 2:08.93)
3. Djeki Djoyner Kersi (AQSh) – 7291 ochko, 1988-yil (12.69 –
15.80 – 1.86 – 22.56 – 7.27 – 45.66 – 2:08.51)