513
Balandlikka sakrashdan oldin
yugurib kelishni belgilab, 3-4 marta
yugurib kelib yerdan depsinishni va plankani eng yuqori natijadan 20-
25 sm pastroq qo‘yib, ustidan sakrab o‘tib ko‘rish kerak. Musobaqa
ham shu balandlikdan boshlanadi. O‘nkurashchi har bir balandlikni
birinchi urinishda o‘tishga harakat qilishi kerak. Aks holda urinish
muvaffaqiyatsizlikka olib kelishi mumkin.
400 m ga yugurish oldidan o‘tkaziladigan razminka 60-80 m ni
yugurib o‘tish, 100-150 m ga burilishlarda (1-2 marta) tezlanishli
yugurish va 1-2 marta startdan yugurib chiqishlardan iborat.
Shulardan
keyin musobaqagacha dam olish uchun 5-10 minut qolish kerak.
O‘nkurashchi eng yaxshi natija ko‘rsatishga yordam beruvchi
taktikani qo‘llashi kerak. U o‘z kuchini bilib, butun masofa bo‘ylab
uni to‘g‘ri taqsimlashi lozim.
400 m ga yugurishdan musobaqalashayotganda, quyidagilarga
rioya qilish kerak: 30 m ni sprint tezligida yugurib o‘tgandan so‘ng,
keng qadamlar bilan yugurishga o‘tiladi. Keyinchalik, burilishdan
chiqayotganda, yugurish strukturasini buzmasdan tezlanish va
birinchi to‘g‘ri qismni erkin yugurib o‘tish.
Ikkinchi burilishga
kirganda, yana tezlanib, uning yarmini erkin yugurib o‘tib, burilishdan
chiqayotganda yana tezlanish kerak va oxirgi to‘g‘ri qismda, tezlikni
saqlab qolishga harakat qilinadi. Ko‘pgina yuguruvchilar tezlikni
qadamlarni zich qo‘yish orqali saqlab qolishga harakat qiladilar. Lekin
bunday urinishlar yordam bermaydi. Tezlikni saqlash uchun yerdan
depsinish quvvatini oshirish kerak. Musobaqadan keyin 5-10 minut
sekin yugurib, undan issiq dushga tushish kerak.
Ikkinchi kunda o‘nkurashchi 110 m ga g‘ovlar osha yugurish oldidan
odatdagi razminkani o‘tkazadi. Disk uloqtirishda, musobaqadan 20
min oldin razminkani boshlash mumkin. Dastlab diskni
bir necha
marta yuqoriga qirrasi bilan tashlash kerak. Keyin 3-4 marta turgan
joydan va 1-2 marta burilib diskni uloqtirish bajariladi.
O‘nkurashning sakkizinchi turi bo‘lgan langarcho‘p bilan
sakrashda, musobaqa oldidan 25-30 minut razminka qilib, dastlabki,
balandlikdan sakrab o‘tib, har bir urinish o‘rtasida dam olish zarur.
Nayza uloqtirishdan oldin bo‘g‘inlardagi harakatchanlikni oshirish
mashqlarini bajarish tavsiya qilinadi. Keyin yugurib kelishni belgilab,
2-3 marta uloqtiriladi, ammo bor kuch bilan emas.
514
Nayzani uloqtirib bo‘lgandan keyin, 1500 m ga yugurishgacha
qolgan vaqtga qarab, bajariladigan razminka aniqlanadi. O‘nkurashchi
5-7 minut davomida qisqa tezlanishlar bilan sekin yugurib, startgacha
7-10 minut qolganda, razminkani tugatishi kerak.
Musobaqada beriladigan urinishlarning hammasidan to‘liq
foydalanish kerak. Ammo langar bilan sakrashda o‘tib bo‘lmaydigan
balandlikdan o‘tish uchun urinmasa ham bo‘ladi, chunki
bu kuchni
tejab qolib, boshqa turga sarflagan ma’qul.
Musobaqadan keyingi kunda sekin, ammo davomli yugurish
o‘tkazish kerak.
Dostları ilə paylaş: