Yengil atletika va uni


Yuqori razryadli o‘nkurashchilar



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə240/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

1.3. Yuqori razryadli o‘nkurashchilar 
mashg‘u lotining xususiyatlari
O‘spirinlarning 3-4-yillik tayyorgarligidan so‘ng yoki katta 
yoshdagi sportchilarning 1-2-yillik trenirovkasidan keyin, ularning 
tayyorgarligida kuchli va bo‘sh tomonlari aniqlanadi. Shuning uchun 
trenirovkalarni rejalashtirayotganda, o‘nkurashchilarning individual 
xususiyatlarini nazarda tutish mumkin bo‘ladi. Keyingi-yillardagi 
trenirovka rejasi endi boshlovchi ko‘pkurashchilar plani asosida 
tuziladi.
Asosiy e’tibor quyidagi vazifalarni hal etishga qaratiladi.
1. O‘nkurashga taalluqli bo‘lgan va ayniqsa, orqada qolgan yengil 
atletika turlarning texnikasini takomillashtirish.
2. Umumiy jismoniy tayyorlik darajasini va avvalo, kuchni, tez-
korlikni va maxsus chidamlilikni oshirish.
3. Irodaviy fazilatlarni oshirish.
4. O‘nkurash bo‘yicha musobaqalarga qatnashish tajribasini 
oshirish va taktikani takomillashtirish.
Trenirovkani rejalashtirayotganda, o‘nkurash musobaqasi shart-
larini va ko‘pkurashning har bir turida trenirovka qilish spestifikasini 
e’tiborga olish kerak.


509
Tayyorlov va boshqa davrlarda sakrashlar va uloqtirishlarda 
trenirovka qilishning asosiy vazifasi texnikani yanada takomillashtirish 
va zarur bo‘lgan jismoniy fazilatlarni rivojlantirishdir.
Shuning uchun davrlar o‘tishi bilan sakrash va uloqtirishdan 
trenirovka qilishning tarkibi oz o‘zgaradi. Ammo kuzgi-qishki 
bosqichda, bahorgi bosqich va musobaqalashuv davriga nisbatan 
maxsus mashqlarga ko‘proq vaqt ajratiladi.
Yugurish trenirovkasining tarkibi bosqichdan bosqichga,-yildan-
yilga ancha o‘zgaradi. Tayyorlov davrining kuzgi-qishki bosqichida, 
ko‘pkurashchining yugurish tayyorgarligida, kichik shiddatli katta 
hajmda kross, o‘zgaruvchan va takror (200-300 m dan) yugurishlar 
hamda pastki startdan 20-30 m ga (15-20 start) yugurishlar asosiy 
vosita bo‘lib xizmat qiladi. Trenirovkaning bahorgi bosqichida 200-
300 metrli takror va o‘zgaruvchan yugurishlar soni kamayadi, yugurib 
o‘tish tezligi esa oshadi. Pastki startdan yugurishning ham soni 
kamayib, masofasi uzayadi.
Yugurishdan juda ham ko‘p trenirovka qilish o‘nkurashchining 
kuchini pasaytiradi, yugurishsiz esa uning tayyorgarligini tasavvur 
qilib bo‘lmaydi. Shu sababli-yil bo‘yi kuchni rivojlantirish uchun 
mashq bajarishni unutmaslik kerak.
Ko‘pkurashchining irodaviy fazilatlari kunda tarbiyalanadi.
Shug‘ullanish joyiga va sportchining tayyorgarligiga qarab 
trenirovkani har xil tuzish mumkin, ammo asosiy metodik ko‘rsat-
malarga rioya qilib qo‘yilgan vazifa bajarilishi kerak. Quyida 5 
mashg‘ulotdan iborat bo‘lgan haftalik trenirovka davri ko‘rsatilgan.
1-kun – o‘nkurashning birinchi kundagi to‘rt turi;
2-kun – o‘nkurashning ikkinchi kundagi to‘rt turi;
3-kun – dam olish;
4-kun – o‘nkurashning birinchi kundagi to‘rt turi;
5-kun – o‘nkurashning ikkinchi kundagi to‘rt turi;
6-kun – orqada qolgan turlardan og‘irliklar bilan mashq qilish va 
kross;
7-kun – dam olish.
Charchab qolmaslik uchun birinchi haftada mashg‘ulot bir kunda 
bir marta o‘tkaziladi. Keyinchalik bir kunda ikki mashg‘ulotga o‘tib, 
bir kunda bir mashg‘ulot bilan almashtirib turish kerak.


510
Agarda biron turdagi qoloqlikni yo‘qotilmoqchi yoki biror xato 
tuzatilmoqchi bo‘lsa, uni razminkadan keyin qo‘yish kerak. Masalan, 
uzunlikka sakrashni darhol razminkadan keyin qo‘yib, yugurish 
sakrashdan keyin bajarilishi mumkin.
Musobaqada to‘rtinchi bo‘lib keladigan turlarda (balandlikka 
sakrash yoki nayza uloqtirish), katta hajm bilan trenirovka qilishga 
ehtiyoj tug‘ilsa, u paytda oldingi turlarda mashg‘ilotning hajmini va 
jadalligini pasaytirish kerak.
Bahordagi trenirovka davri boshqacha bo‘lishi mumkin. Lekin 
o‘nkurashchi bir kunda ikki marta mashg‘ulot o‘tkazishga tayyor 
bo‘lishi ayniqsa, muhim. Agar u bir kunda ikki marta mashg‘ulot 
o‘tkazishga bardosh berolmasa, demak, musobaqada yaxshi natija 
ko‘rsatolmaydi.
Tayyorlov davrida ko‘pkurashchi alohida turlardan musobaqalarga 
qatnashishi kerak, lekin bunga alohida tayyorgarlik ko‘rish shart emas.

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin