504
O‘zbekiston Rekordi 1957-yilda o‘nkurashchi Yu.A.Krasilnikovga
tegishlidir.
XIV-O‘zbekiston sportakiadasi 1967-yil bo‘lib o‘tdi, unda ikki
o‘nkurashchi toshkentlik V.Kolobov va V.Tereshenkov
natijalari
yuqari bo‘ldi, unda V.Kolobov 6806 ochko jamg‘arib respublikani
yangi rekordini o‘rnatdi. Shunga qadar O‘zbekiston rekordi
V.Negaevga 6712 ochko bilan taluqli edi. Shu-yil respublika rekordini
yangiladi. 1972-yil B.Umarov (Chirchik) 7239 ochko yig‘ib yangi
rekord o‘rnatdi.1980-yil may oyida V.Podmarev 7752 ochko to‘plab
O‘zbekiston
rekordini qaytadan yangiladi, 1985-yil Osiyo o‘yinlarida
8366 ochko jamg‘arib oltin medal bilan taqdirlandi, bu O‘zbekistoning
yangi rekordi edi. 1994-yil Xirosima (Yaponiya)dagi XII-Osiyo
o‘yinlarida o‘nkurashchilar R.Ganiev oltin medalni qo‘lga
kiritgan
bo‘lsa, O.Veretilnikov ikkinchi o‘rinni egalladi. O‘zbekistonda xizmat
ko‘rsatgan sportchi« Shuhrat» va «Do‘stlik» ordenlari bilan taqdirlandi.
R.Ganiev Atlanta shahrida juda yaxshi natijalarga erishdi, u 8318
ochko bilan o‘nkurashda 8-o‘rinni egaladi. 1997-yil 5-6 sentyabrda
8445 ochko to‘plab O‘zbekistoning yangi rekordin o‘rnatdi.
Xitoyning (Pekin) shaxrida bo‘lib o‘tadigan XXIX-Olimpia
o‘yinlariga (2008-yil) O‘zbekiston o‘nkurashchilari P.Andreyev va
V.Smirnovlar qatnashish huquqiga ega bo‘ldilar. O‘zbekiston Kubigida
8034 ochko, P.Andreev to‘pladi va Osiyo
Gran-Pri musobaqasida
7836 ochko va Yevro Granpri musobaqasida V.Smirnov 7892 ochko
bilan Olimpia o‘yinlari ishtirokchisiga aylandilar.
Dostları ilə paylaş: