2.2. Ko‘pkurashda asosiy mashg‘ulotlar jarayonlari Ko‘pkurashchilar erishuchvi natijalarni yaxshilash ko‘plab
omillarga bog‘liq hisoblanadi, ular orasida eng asosiylari quyidagi
yettitalikni tashkil qiladi:
• Ijtimoiy shart – sharoitlar (jamiyatda ayollarning tutgan o‘rni
o‘zgarishi, professional va tijorat yo‘nalishidagi sportga o‘tish);
• Moddiy va texnik shart – sharoitlar (yo‘laklar va yugurish zonalari
uchun, shuningdek, balandlikka sakrash sektori uchun, yerga tushish
handaqlari uchun maxsus su’niy qoplamalar ishlab chiqarilishi, kiyim
– kechaklar, oyoq kiyimlar va hokazolar);
• Milliy va halqaro miqyosda yengil atletika dasturi tarkibining
kengayishi;
• Hisoblash tizimining o‘zgarishi;
• Mashg‘ulotlar jarayonining o‘zgarishi.
Yaxshi darajada harakatlar muvofiqligi (
koordinatsiya ) –
ko‘pkurashchi ayollarga o‘z harakatlarini maqsadga yo‘naltirilgan
tarzda boshqarish, to‘g‘ri harakatlardan tezkorlikda foydalanishi
va tashqi va ichki sharoitlarga moslashish imkonini beradi. Texnik
mahoratga qo‘shimcha tarzda, ular yakka tartibdagi sport turlarida
ko‘pkurash uchun talab qilinuvchi maxsus texnik va taktik mahoratni
ham egallashlari zarur hisoblanadi.
Ko‘pkurashchilar maksimal natija ko‘rsatishlari talab etiladi:
• Kvalifikatsiyaga ega bo‘lmagan holatda sprint musobaqalarida
yugura olishlari;
• Balandlikka sakrash va uloqtirish mashqlarida urinishlar soni
cheklangan sharoitda yaxshi natija ko‘rsatishlari talab qilinadi;
• Sport turining ma’lum bir ketma – ketlikda bajarilishi sharoitida
ishlash;
• Hatto, ular charchashlariga qaramasdan yaxshi natija ko‘rsatishlari
talab qilinadi.
Taktik tayyorgarlik darajasi musobaqani o‘tkazish davomida
namoyon bo‘ladi. Ko‘pkurashchilar uchun sport turining boshlanishida
va bitta turdan ikkinchiga o‘tish oralig‘ida birinchi urinishdayoq
yaxshi natijani qo‘lga kiritish uchun, balandlikda sakrashda to‘g‘ri
523
tanlangan balandlikni zabt eta olish uchun, 800 metr masofaga
yugurishda tempni to‘g‘ri tanlay olish uchun optimal darajada chigil
yozdi mashqlarini bajarishi talab qilinadi.