482
Har bir burilishdagi yakka tayanchli fazaning birinchi qismida
bosqonning harakat tezligi birmuncha kamayadi, chunki yirik mushak-
larning ish sharoiti qiyinlashadi.
Bosqon sharining yuqori nuqtadan quyi nuqtaga tushish harakati
vaqtida uloqtiruvchi chap oyog‘ining tagida aylanishni davom
ettiradi
va bu oyoq 180
0
ga burilib, tizza bo‘g‘imida bir oz bukiladi.
Uloqtiruvchi gavdasini burishni tamomlagach, o‘ng oyog‘ini
chap oyog‘i bilan bir chiziqda yerga qo‘yadi va yakka tayanchli
fazadan qo‘sh tayanchli fazaga o‘tadi. O‘ng oyoq tagi to‘liq yerga
qo‘yiladi. Bu paytda garchi gavda ko‘proq chap oyoq ustida bo‘lsa
ham bosqonning tortish kuchini asosan o‘ng oyoq bilan tutib turadi.
O‘ng oyoq tizza bo‘g‘imidan 140-150
0
ga, chap oyoq esa 95-100
0
ga
bukiladi. Uloqtiruvchi tosni burish bilan «gavdani unga qayirishga»
erishadi. Bu paytda qorin va orqa mushaklari ancha cho‘ziladi.
Har qaysi burilishda tos va elka kamarining siljitish yuz beradi.
Burilishning birinchi yarmida qo‘sh
tayanch fazasida turgan
uloqtiruvchi yelka kamarini chapga, dastlabki holatga buradi. Har bir
burilishning ikkinchi yarmida esa uloqtiruvchi chap oyoqda aylanib,
tosni yelka kamari nisbatan tezroq buradi.
Har qaysi burilishning
oxirida uloqtiruvchining gavdasi yana bosqon harakatini tezlashtirish
uchun qulay holatga keladi.
Dostları ilə paylaş: