477
Bosqonni dastlabki aylantirish –
uloqtirishning ajralmas qismi
bo‘lib, qolgan harakatlarning to‘g‘ri bajarilishi shunga bog‘liqdir.
Dunyoning eng kuchli uloqtiruvchilari dastlabki aylantirishni ikki
davrada bajaradilar va bunda bosqon sharini burilishlarni boshlash
uchun kerakli tezlikda (13-14 m/sek) harakatlantira boshlaydilar.
Bosqonning aylanish yuzasi ufqqa nisbatan taxminan 38-40
0
og‘ma
bo‘ladi. Burilishlar vaqtida esa aylanish yuzasining og‘ishi 42-44
0
gacha oshadi.
Dastlabki aylantirishning birinchi davrasi oyoq va gavdani chala
tiklangan holatda boshlanadi. Shu bilan birgalikda yelka kamari tos
bilan bir yuzada chapga buriladi va uloqtiruvchi to‘g‘ri
uzatilgan
qo‘llari bilan bosqonni aylanma harakatga keltiradi. Bosqon oldinga-
yuqoriga harakatlanayotganida, taxminan chap poy uchining
qarshisida bo‘lishi lozim. Dastlabki aylantirish vaqtida bosh to‘g‘ri
tutilishi kerak, chunki boshni burish va
egish muvozanatni saqlashga
to‘sqinlik qiladi.
Oldingi-yuqoriga harakatlanayotgan to‘g‘ri qo‘llar ko‘krak
balandligiga etgach, chapga aylana boshlaydi. O‘ng qo‘l chap qo‘ldan
balandroq ko‘tariladi, keyin ikkala qo‘l ham tirsak bo‘g‘imidan bir
oz bukiladi; qo‘l panjalari bosh orqasidan, bilaklar esa bosh ustidan
aylanib o‘tadi. Gavda sal orqaga egilgan bo‘lib,
tosni oldinga, bukilgan
oyoq ustiga chiqarilgan.
Keyinchalik yelka kamari yuqoridan tushayotgan bosqon ro‘pa-
rasiga eng oxiriga qadar o‘ngga buriladi. Qo‘llar harakatni davom
ettirib, o‘ngga-pastga tusha boshlaydi, chap qo‘l to‘g‘rilanadi, o‘ng
qo‘l esa tag‘in ham ko‘proq
bukiladi, uning tirsagi pasayadi. Bosqon
shari uloqtiruvchining orqasidan uzoqlab o‘tadi; agarda oldindan
kuzatilsa, asbob sportchi gavdasinining chap tomonidan ancha uzoqda
ekanligi yaqqol ko‘rinadi.
Dastlabki aylantirishning ikkinchi davrasi bolg‘aning o‘ngdan-
orqaga qarab tushish harakati bilan boshlanadi. Uloqtiruvchi haraka-
tning boshlanishida bukilgan qo‘lini to‘g‘rilab, bosqonni
gavdasining
o‘ng tomonidan pastga tushiradi, yelka kamarini esa tos bilan bir
tekislikda chapga buradi.