68
qat’iy nazar, shaxsiy rekord yoki muayyan natijaga erishishi kerak;
b) musobaqa g‘olibi bo‘lish yoki muayyan o‘rinni egallash.
Agar birinchi vazifa qo‘yilgan bo‘lsa masofani optimal tezlikda
bir maromda bosib o‘tish to‘g‘ri bo‘ladi.
Bu tezlik mashq qilish
mashg‘ulotlarida va nazorat yurishi o‘tkazilganda belgilanadi.
Agar sportchi o‘z oldiga ikkinchi vazifani qo‘ygan bo‘lsa, u holda
masofani bosib o‘tishning variantlari ko‘p bo‘ladi, masalan:
1) Boshqa ishtirokchilardan oldinga o‘zib ketish maqsadida
startdan kuchli tarzda boshlash; hosil bo‘lgan uzilish masofani masofa
oxirigacha saqlab qolish.
2) Masofa o‘rtasida tezlikni oshirish va g‘alaba qozonish, masofa
oxirida uzilish masofani sezilarli darajada qisqarishi sababli, masofa
o‘rtasida yuzaga kelgan ustunlik katta bo‘lishi kerak.
3) Masofani birinchi yarmini nisbatan sust holda bosib o‘tilganda,
masofaning ikkinchi yarmini yoki uni oxirgi qismini tezroq bosib
o‘tish hisobiga g‘alabaga erishishni ko‘zlash kerak.
4) Doimiy tezlanish va turli uzunlikni siltinishlarni qo‘llash
(yirtilgan yurish). Ayrim tezyurar sportchilar taktika rejasiga rioya
qilgan holda, shu harakatlarni raqibi uchun noqulay sharoitlar yaratish
uchun qo‘llaydilar (agar
raqiblar, albatta shu harakatlarni qabul qi-
lishsa).
5) Oldindan rejalashtirilgan o‘rtacha tezlikka muvofiq holda, butun
masofani bir maromda rivok tarzda bosib o‘tish. Bu variant ikkinchi
vazifani bajarishda shu holda qo‘llanilishi mumkinki, agar sportchi
o‘z raqiblariga nisbatan ancha yaxshi tayyorlangan bo‘lsa.
Sportchini masofadagi harakat tarzi haqida quyidagilarni aytish
mumkin. Ba’zan bellashayotgan sportchilar guruhi
ichida ketish
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ayni vaqtda shuni hisobga olish kerakki, bunda o‘zgacha harakat
maromiga tushish mumkin. Bu bilan esa sportchi o‘zini imkoniyatlarni
pasaytirib rejalashtirilgan natijani ko‘rsata olmaydi.
Aksariyat hollarda, musobaqaning qolgan barcha ishtirokchilari
bilan kurashni ikki sportchi olib boradi. Tezyurar sportchilar aytishi-
dek: “Ikkovlashib yurish oson”,
galma-gal ildamlashib, ular yaxshi
natijalarga erishadilar (Solomin A. va Yakovlev B., Barch O.V. va
Fursov V. 1978-y.).
69
O‘yingohdan tashqaridan (shossedan) o‘tkaziladigan musobaqa-
laridan har bir sportchi yuqoriga ko‘tarilganda yoki pastga tusha-
yot ganida yaxshi yuradi. Shu tariqa, boshqa ishtirokchilardan uzoq-
lashishga urinishni sportchi trassaning aynan ana shu
qismlarida amal-
ga oshirishi kerak.
Taktik fikrlash, taktik mahorat asta-sekin takomillashib boradi. Tak-
tik tayyorgarlikni takomillashtirish uchun quyidagilar tavsiya etiladi:
1) Sportchilar taktikasiga e’tibor bergan holda yengil atletika,
chang‘i sporti, velo sporti bo‘yicha maxsus adabiyotlarni mutola
qilish.
2) Sport faxriylari va tajribali murabbiylar bilan suhbatlar o‘tkazish.
3) U yoki bu masofani bosib o‘tish grafiklarini tahlil etish.
4) Masofa bo‘lagi bo‘ylab yurish vaqtini subyektiv his etish bilan
sekundomer ko‘rsatkichlarini o‘zaro taqqoslagan holda tezlik tuy-
g‘usini tarbiyalash.
5) Marra tezligini takomillashtirish.
6) Sportchi yurishning og‘ir sharoitlariga tayyorlanish maqsadida
uzoq yurish vaqtida turli uzunlikdagi siltanishli harakatlar va tezlanish-
larni bajarish.
7) Mashq qilish jarayonida optimal tezlikni aniqlash
va uni butun
masofa davomida saqlab qolish. Sportchi bu tezlikni yaxshi bilishi
zarur. U havoga mazkur davrdagi sportchining funksional holatiga
bog‘liq bo‘ladi.
8) Hozirgi vaqtda sportchi yurishda hakamlik vizual tarzda
o‘tkazilishi sababli, masofaning alohida bo‘laklarida sportchi o‘z
texnikasini ko‘rsata olishi kerak.
9) Musobaqalarda muvaffaqiyat bilan qo‘llash uchun, mashq qilish
jarayonida taktika yangiliklari va usullarini sinab ko‘rish.
Dostları ilə paylaş: