Tayanch iboralar.
1. Yengil atletika
2. Yurish
3. Yugurish
4. Sakrash
5. Uloqtirish
6. Ko‘pkurash
7. Stadion
8. Sportchi
9. Murabbiy
10. Stadionda yurish
11. Ko‘cha yo‘llarida yurish
12. Tabiiy sharoitda yugurish
13. To‘siq osha yugurish
14. Yaqin masofaga yugurish
15. O‘rta va uzoq masofaga yugurish
16. Estafeta
17
O‘z – o‘zini nazorat qilish uchun savollar:
1. Atletika tushunchasi ma’nosi nima?
2. Baquvvat kishilar deb kimlarni aytiladi?
3. Yengil atletika turi sportni qanaqa sifatlarini rivojlanitiradi?
4. Yengil atletika qanaqa harakat malakalarini oshiradi?
5. Yurishning qanaqa turlari bor?
6. Yugurishning nechta turi bor?
7. Sakrash turlari nechaga bo‘linadi?
8. Qanaqa uloqtirish turlari bor?
9. Qanaqa ko‘pkurash turlari bor?
18
II – BOB. YENGIL ATLETIKANING RIVOJLANISH TARIXI
2.1. Qadimgi zamonda yengil atletikaning rivojlanishi
Yengil atletika mashqlarining kelib chiqish tarixi juda qadim
zamonlardan boshlanadi. Odamlar yurish, yugurish sakrash va uloq-
tirishni tabiiy zarur harakatlar sifatida qadim zamonlardan beri meh-
natda va kundalik hayotda qo‘llab kelganlari ma’lum. Ammo ularning
jismoniy tarbiya vositasi sifatida va sportning bir turi sifatida rasm
bo‘lganiga qadar ko‘p ming-yillar o‘tdi. Ibtidoiy jamoa tuzumi dav-
rida engil atletika mashqlari odaml-arning mehnat faoliyati bilan
bog‘ liq edi. Ular insoniyat quldorlik jamiyatiga o‘ta boshlashiga yaqin
jismoniy tarbiyada ma’lum darajada mustaqil bo‘la boshladi. Eng boy
va uzoq umrli bunday sport to‘rini topish qiyin. Yengil atletika tarixini
va o‘tmishini bilish bu engil atletikadir. Yurish, sakrash va uloqtirish
buning hammasi inson bilan birga tug‘ishgandir. Birinchi o‘yin va
musobaqalar engil atletikadan boshlangan. Arxeologik qazilmalardan
ko‘rinib turibdiki, eramizdan oldin Osiyoda, Afrika, eski Misrda va
yaqin Sharqda hamda Uzoq sharq o‘lkalaridagi mamlakatlarida yengil
atletika bilan shug‘ullanganliklaridan so‘z boradi. Uning qizil yulduzi
qadimiy Gretsiya shaharlaridan yondi. Yurish, sakrash va uloqtirish
Gretsiyada anchagina rivoj topdi. Jismoniy mashqlarning boshqa
turlari qatori ular harbiy jismoniy tayyorgarlikda katta o‘rin egalladi va
qabilalar hamda diniy bayramlarining muhim qismini tashkil etadigan
bo‘ldi. Bunday tantanalarning eng ahamiyatlisi olimpia o‘yinlari
hisoblanadi. Rivoyatlar, qissalar va boshqa madaniyat yodgorliklari,
o‘yin o‘ziga xos jismoniy mashqlar ko‘p bo‘lganligidan dalolat
beradi. Ko‘p manbalarda xalq turmushida tez yugurish, yugurib kelib
uzunlikka sakrash, tosh uloqtirish va uchkurash mavjud bo‘lgani
ko‘rsatiladi.
Gretsiya olimpia shaharchasi, Zevs xrami oldidagi stadionlar,
gimnastlar, polestri jismoniy tarbiya to‘garaklari o‘z ishini boshladi.
Usha davrdagi urush-yillari qabila-qabila bo‘lib urishadigan greklar
stadionlarda ippodromlarda kelib shug‘ullanib bir-birlari bilan
urushlari ham to‘xtab qoldi.
19
Birinchi Olimpiada o‘yini 776-yil, eramizdan oldin bo‘lib o‘tdi.
Uning dasturidan o‘rin olgan bir xil yugurish, ya’ni bir stadiy (192
m 27 sm) yugurish bo‘lib, bu yugurishni Greklar “Dromos” deb
ataganlar, 724-yil eramizdan oldingi XIV olimpiadasida ikki xil
yugu rish (ikki aylanish) “diaulos” deb ataladi. Uning uzunligi esa
385 m ga teng bo‘ladi. Start beruvchini “geroldom” deb atagan. Kim
oldin, signaldan oldin chiqib yugursa startyor qattiq jazolagan. XIV
Olimpiadasida uzoq masofalarga yugurishni “dolikos” (24 xil ay-
lanish) deb ataganlar. 708-yil eramizdan oldingi XVIII olimpiadada
besh kurash “Pentatlons” ya’ni u yugurish, otish va sakrashdan iborat
edi. Shunday qilib, qadimgi Gretsiyada engil atletikaning hamma
turlari keng qo‘llanila boshladi. Ularning tayyorgarlik ko‘rishlari
hozirgi zamondagidek oldin va kuchli tayyorgarlik ko‘rar edilar. Start
berilib, qoidasi bo‘yicha yugurar edilar. Har bir sportchi o‘z yo‘lkasi
orqali yugurar edilar. G‘oliblarni aniqlashda yarim final va final
yugurishlar bo‘lar edi. Uzunlikka sakrash ham olimpiada o‘yinlariga
kiritilgan. Greklar disk va kopeni 3 kg dan 5,5 kg gacha uloqtirar
edilar. Sparta shahrida jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanadigan sparta
maktabi ochilgan u yerda mashg‘ulotlar harbiycha o‘tar edi. Faqatgina
kuchli janglarni tarbiyalar edilar; Ular etti yoshdan shunday usullarda
tarbiyalab voyaga etkazar edilar. Afina shahrida boshqacha usulda
tarbiyalar edi. Bu yerda ilm va fan bilan birgalikda sport bir xil tus
olgan edi. 16 yoshdan gimnaziyalarda ko‘p vaqtlarini jismoniy tar-
biyaga ajratiladi. Bu esa ularni musobaqada aktiv qatnashganlari,
greklar kuchli sportchilar etishtirib berar edilar. Oxirgi asrlarda
eramizdan oldingi-yillarda sportchilarning “profistional” yo‘nalishlar
ya’ ni “gladiator” majburiy yugurishlarda odam o‘ldirishga majbur qi-
lar edi.
Gretsiyada olimpia o‘yinlarining to‘xtab qolish sabablari quyida-
gicha, Rimliklar qo‘l ostiga o‘tib ketishi “kollonozmdir” 393-yil era-
miz dan oldin rim imperatori Feodesey 1 buyrug‘i bilan olimpiada
o‘yin bayrami qilindi. XVIII asrlarda yana engil atletika rivojlana
boshlaydi. Olimpia o‘yinlariga qiziqish uyg‘ona boshladi. Greyiya
olimpiadasi haqida o‘z ta’ssurotlarini nemis olimlari, jismoniy tarbiya
ustozlari I.M.Gute-Muts (1759-1830)-yilda va G.Fit (1785-1846)
20
usullarda o‘z ta’ssurotlarini aytishdilar. Shavqatsiz eksplutatsiya bo‘sh
vaqt va kerakligiga moddiy sharoit bo‘lmaganligi sababli xalqga
jismoniy mashqlarning taraqqiyot darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu
sabab o‘rta asr davrida hamma vaqt xalq jismoniy mashqlar an’anaviy
o‘yin kulgilar harakterida bo‘lib, faqat bayram kunlari o‘tkazilar edi.
O‘rta asrlarda yugurish sakrash va uloqtirish dastlab jismoniy tarbiya
gimnastika sistemasiga kiritilar, kundalik hayotda qo‘llanilar edi. Lekin
bu engil atletika sporti tashkil topishiga muhim ta’sir ko‘rsata olmadi.
Chunki gimnastika sistemasida bu mashqlarning asosiy bo‘lmay,
ikkinchi darajali edi. Xalqning bu mashqlar bilan shug‘ullanishi esa
mehnatkash, ammo imkoniyati chegaralangani uchun engil atletika
taraqqiyotiga to‘la ta’sir ko‘rsata olmadi. Yugurish sakrash va uloqtirish
mustaqil jismoniy mashq sifatida va engil atletika sportining muhim
elementlari sifatida XIX asrning ikkinchi yarmida tashkil topa boshladi.
Bunga yoshlarning keng qatlamlari o‘rtasida bunday mashqlarga
qiziqish o‘sganligi: burjuaziya ham o‘z hukmronligini kuchaytirish
vositasi sifatida, jismoniy tarbiyaga ko‘proq qiziqa boshlagani sabab
bo‘ladi. Burjuaziya kapitalistik korxonalari uchun jismoniy baquvvat
ishchilarga va bosqinchilik armiyasi uchun soldatlarga muhtoj edi.
Bunga eski gimnastika sistemalar allaqachonlar to‘la yordam berolmay
qolgan edi. Burjuaziya an’anaviy xalq o‘yin kulgilaridan olingan
atletik mashqlarga e’tibor bera boshladi. Bular orasida takomillashish
jarayonida sportga yugurish, sakrash va uloqtirish tusini olib, engil
atletika sporti tarbiyaga kiradigan yugurish, sakrash va uloqtirish
mashqlari ham bor edi.
Dostları ilə paylaş: |