13
1.6.
Yurish
Insonning joydan–joyga ko‘chishi oddiy usul bo‘lib, turli yoshdagi
kishilar uchun ajoyib jismoniy mashq hisoblanadi.
Uzoq va bir tekis yurganda tananing qariyb barcha mushaklari
ishlaydi, organizdagi yurak–qon tomir, nafas olish va boshqa tizimlari
faoliyati kuchayadi. Natijada, modda almashinuvi ortadi.
Jismoniy
mashq sifatida oddiy yurish avvalo, sog‘lomlashtirish ahamiyatiga
ega.
Oddiy yurishdan tashqari boshqa xillari ham mavjud: sayohatda
yurish, safda yurish va sportcha yurish. Musobaqalarda yurishning
texnika jihatdan eng qiyin, lekin eng foydali xili –
sportcha yurish
qo‘llaniladi. Uning tezligi oddiy yurishga nisbatan ikki marta ortiq.
Ammo, bunday yuqori tezlikka erishish uchun sportcha yurish
texnikasi asoslarini o‘rganib olishning o‘zigina kifoya qilib qolmay,
balki oddiy yurishga qaraganda anchagina jadal ish bajarish talab
qilinadi, ya’ni energiya sarflash ortadi. Shu sababdan sportcha yurish
sportchi organizmiga ijobiy tasir ko‘rsatadi.
Yurish musobaqasida qatnashchilar qoidada belgilangan yurish
texnikasi xususiyatlariga rioya qilishlari kerak. Eng asosiysi bir
lahza
bo‘lsa ham ikkala oyoqning bir vaqtda yerdan uzilib qolishiga yo‘l
qo‘ymaslik lozim. Oyoqlardan birortasi erga tegmay turgan fursat sodir
bo‘lgudek bo‘lsa, sportchi yurishda yugurishga o‘tgan bo‘ladi. Bu
qoidani buzgan sportchi hakamlar tomonidan musobaqadan chetlatiladi.
1.7. Yugurish
Yugurish joydan joyga ko‘chishning tabiiy usulidir. Bu jismoniy
mashqning keng tarqalgan turi bo‘lib ko‘pgina sport turlari (futbol,
basketbol, tennis va boshqalar) tarkibiga kiradi. Yugurishning juda
ko‘pgina xillari yengil atletika turlarining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Yugurganda tanadagi mushak guruhlarining deyarli hammasi ishga
tushadi, yurak–qon tomir, nafas olish va boshqa tizimlar faoliyati
kuchayadi, modda almashinuvi ancha oshadi. Yugurish
bilan
shug‘ullanish jarayonida kishi irodasi mustahkamlanadi. O‘z kuchini
14
taqsimlay olish, to‘siqlar osha o‘ta bilish, ochiq joyda mo‘ljal ola
bilish qobiliyati hosil bo‘ladi.
Yugurish har tomonlama jismoniy rivojlanishning asosiy vositalari-
dan biridir.
Yengil atletikada yugurish quyidagi turlarga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: