8
2. Imkon boricha uzoqqa sakrash maqsadida gorizontal to‘siqlardan
o‘tish-uzunlikga sakrash va uch hatlab sakrash.
Sakrash turlari turli joydan va yugurib kelib ijro etiladi.
Uloqtirish: maxsus saryadlarning uzoqlikka irg‘itish va uloqtirish
mashqlaridir. Bularning natijalari metr va santimetr bilan aniqlanadi.
Uloqtirish asab muskul kuchlanishi qisqa vaqt maksimal bo‘lishi bilan
harakterlidir. Yengil atletikada uloqtirishlar ijro
usuliga qarab uch
turga bo‘linadi:
1. Bosh ortidan boshlab uloqtirish (nayza va granata).
2. Aylanib uloqtirish (disk bosqon)
3. Itqitish (yadro)
Uloqtirish usullarining farqi snaryadlarnig shakli va og‘irligiga
bog‘likdir. Yengil ushlash qulay bo‘lgan snaryadlarni tug‘ridan
yugurib kelib bosh ortidan boshlab uzoqa uloqtirish mumkin. Og‘irroq
snaryadlarni aylanib uloqtirish qulayroq. Maxsus tutqich bo‘lmagan
og‘ir snaryad yadroni esa itkitish qulayroq.
Ko‘pkurash: yugurish, sakrash va uloqtirishning har xil turlarini
uz ichiga oladi. Ko‘pkurash tarkibidagi turlar miqdoriga qarab nom-
lanadi. Uchkurash, to‘rtkurash, beshkurash. oltikurash,
sakkiz ku rash,
o‘nkurash. Ko‘pkurashning asosiy turlari: erkaklar uchun - o‘nku-
rash va ayollar uchun ettikurash va o‘spirinlar uchun oltikurash va
sakkizkurash. Musobaqa esa ikki kunda o‘tkaziladi. Yengil atletika besh
bo‘limdan (yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish va ko‘pkurashdan)
iborat bo‘lib, ularning har qaysisi ham xilma xil turlarga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: