Yengil atletika va uni


Uch hatlab sakrashni o‘rgatish uslubiyati



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

3.2. Uch hatlab sakrashni o‘rgatish uslubiyati
Yugurib kelib uch hatlab sakrash – yengil atletikadagi murakkab 
mashqlardan biri hisoblanadi. Mazkur sakrash texnikasida gavda 
harakatining katta tezligida «sapchib sakrash», «qadam» va «sak rash»-
dagi tayanch va «parvoz» fazalari ketma-ket tarzda almashib turadi. 
Sakrashning nazariy masofasi gavda parvozini boshlang‘ich tezligi 
kattaligiga, har bir itarilish burchagi va balandligiga bog‘liq. Sportchi 
parvoz vaqtida yugurish, dastlabki va kelgusi itarilishlar natijasida 
yuzaga keluvchi trayektoriyani o‘zgartirolmaydi. Shuning uchun 
ham parvozda barcha harakatlar muvozanatni saqlab qolishga xizmat 


267
qiladi, hamda itarilish harakatlarini faol tarzda bajarishga tayyorgarlik 
holatini, oxirgi sakrashda esa to‘g‘ri qo‘nishni ta’minlaydi. Uch hatlab 
sakrashda natija maksimal yugurish tezligini rivojlantirish, kuchli 
itarilishlar, shuningdek,, «sapchib sakrash», «qadam», «sakrash» 
balandligi va uzunligining muayyan nisbatlari natijasida yuzaga 
keladi. 
Yugurish masofasi va tezligi sakrovchining jismoniy hislatlari 
(bo‘yi, vazni, oyoqlari uzunligi) harakatchanlik qobiliyatlari, maxsus 
tayyorgarlik holatda bog‘liq bo‘ladi. 
Taniqli sportchilarda yugurib kelish uzunligi 38-42 m. Yugurib 
kelish vaqtida kuchni shunday taqsimlash kerakki, toki oxirgi 3-4 
qadamni eng katta tezlik va sakrashga tayyorgarlik holatida yugurib 
o‘tish imkoni bo‘lsin. Uch hatlab sakrashda birinchi itarilishga 
tayyorlanish uzunlikka sakrashdagiga nisbatan tabiiy holda qadamlar 
uzunligidagi kichik farqlar bilan amalga oshadi. Faqatgina oxirgi 
qadam oldingilariga qaraganda 10-15 sm qisqaroq bo‘ladi. Bunga 
sabab, birinchi sakrashda uzunlikka sakrashdagidek parvoz balandligi 
yuzaga kelmaydi.
Musobaqada yuksak natijalarga erishish uchun yugurish harakat-
larini aniq bajarishga ishonch hissi zarurdir, chunki bu hol sakrash 
oldidan yaxshi ruxiy kayfiyatni yuzaga keltiradi. Taniqli sakrovchilar 
odatda, baquvvat, epchil, yengil harakatlanishadi, mushaklari yaxshi 
rivojlangan bo‘lib, 8-10-yil davomida qunt bilan mashq qilishdan so‘ng 
23-26 yoshda rekord natijalarga erishadilar. 100 m masofadagi 11 sek.
gacha tez yugurib o‘ta oladigan va 7 m 50 sm.dan uzoq masofaga 
sakray oladigan sportchilar bugungi kunda uch hatlab sakrashda 
yuksak muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar. 
Jismonan yaxshi tayyorlangan shug‘ullanuvchilargina uch hatlab 
sakrash texnikasini o‘rganishi mumkin. Agar ular bundan oldin qis-
qa masofaga yugurish va uzunlikka sakrash bilan shug‘ullangan bo‘l-
ishsa, o‘quv jarayoni samarali o‘tadi. 


268
40-rasm.
 Uch hatlab sakrash joyi va texnikasi ketma – ketligi.


269
Uch hatlab sakrash texnikasini o‘rgatish vazifalariga quyidagilar 
kiradi:
1-vazifa.
Shug‘ullanuvchilarning uch hatlab sakrash texnikasi bilan 
tanishtirish, ularda yugurib kelish, «sapchish», «qadam» va «sakrash» 
to‘g‘risida tasavvur xosil qilish.

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin