280
tayyorgarlik saviyasiga bog‘liqdir. Sakrovchining sport mahoratini
shakllantirishni yana bir tamoyili musobaqalar orasidagi davomli
tanaffuslarda (2-3 hafta) qo‘llaniladi. Maxsus-texnik yo‘nalishdagi
zarbli qo‘sh mashq qilishlar tezkor kuch
hislatlarini tiklashga
mo‘ljallangan mashq qilish mashg‘ulotlari bilan sistematik
ravishda galma-gal bajariladi. Yugurib kelib uch hatlab sakrashni
takomillashtirish bo‘yicha ikkita mashq qilish jarayoni kvalifikatsion
va asosiy musobaqalar modelini aks ettiradi.
Ikki haftalik tayyorgarlik sikli
1 hafta
.
Yakshanba: uch hatlab sakrash bo‘yicha musobaqa.
Dushanba: yugurish 5x60 m, tezlanish mashqlari 2x150 m, yuk
tortish, shtangani ko‘krak qafasiga ko‘tarib olish (2 t) shtanga bilan
o‘tirib-turish, sakrab chiqish (2 t), tosh uloqtirish 15 marta,
yugurish
3x150 m (20-21 sek).
Seshanba: dam olish.
Chorshanba: tezlanishli yugurish, gimnastika mashqlari 3x100 m,
yadro uloqtirish 10 marta, qumli chuqurlikka yugurib kelib sapchib
sakrash 8 marta, 6-10 yugurish qadamdan uch hatlab sakrash 8-10
marta, tezlanish 3x130 m.
Payshanba: tezlanishli gimnastik mashqlarni 3x100
m qumli
chuqurlikka yugurib kelib sapchib sakrash 12 marta, 6-10 yugurish
qadamidan uch hatlab sakrash 15-20 marta yadro uloqtirish 20 marta,
tezlanish 3x130 m.
Juma: dam olish.
Shanba: yugurish, gimnastik mashqlar, tezlanishlar, 3x100 m,
startdan yugurish (30-40 m.dan) 0,4-0,5 km, sherik bilan (80-90 kg) bir
oyoqda 10 marta sakrab chiqish va so‘ngra shu oyoqda 30 m, «sapchib
sakrash» (har bir oyoq uchun 2 martadan takrorlash), yugurish 3x150
m, (18,5-19 sek.).
Yakshanba: dam olish.
Dostları ilə paylaş: