277
3.8. Tayyorgarlik davri
Sakrovchi sportchi uchun muhim bo‘lgan bu davr tayyorgarlik
vositalari va usullarini kengayishi mashqlar hajmini ko‘payishi
va funksional imkoniyatlar darajasini ortishi bilan ta’riflanadi.
Tayyorgarlik, davri mashq qilish yuklamasi hajmini tashkil etish
uchun poydevor bo‘lib hisoblanadi.
Mashqlarni yuqori saviyada bajarilishi (yugurish
tezligi va
sakrash uzunligini ortishi) sport mahoratini bevosita shakllantirish
vositasi hisoblanadi. Sakrovchining haftalik mashqlar hajmini 4-5
km.ga yugurish, sakrash 3,5-4 km, 20 t vazndagi kuch ishlatiladigan
mashqlar yuqori darajada bajari olish imkoniyatidan kelib chiqqan
holda tayyorgarlik davrining davomiyligi belgilanadi. Biroq, bunday
yuklamalar ta’sirida 2-3 haftadan so‘ng mashqlarni
bajarish saviyasi
yomonlashadi. Buni oldini olish uchun haftalik yuklamani kamaytirish
yoki boshqa sport turlari bilan shug‘ullanish kerak. Tiklanish haftasidan
so‘ng yuklama hajmi oshiriladi. Yuklamani yanvar oyigacha shu
tariqa asta-sekin to‘lqinsimon tarzda oshirib boriladi. So‘ngra esa
vositalar hajmi kamayib borgan sari, mashqlarni bajarish saviyasi
ortib boradi yoki sharoitlar qiyinlashtiriladi. Sportchining tayyorgarlik
darajasiga qarab mashq qilish vositalari tanlanadi, chunonchi, puxta
tayyorlangan sakrovchilar uchun zarbli ta’sir etish usuli tanlanadi. Bu
usul harakatchanlik qobiliyatini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.
Mazkur davrning asosiy vazifasi – harakatchanlik hislatining
yuqori
darajasiga erishishi hisoblanadi. Bunda, sportchi ish qobiliyatining
o‘zgarish fazalari yuklamani to‘lqinsimonligi, har bir vositani ta’sir
etish darajasi hisobga olinadi.
Dostları ilə paylaş: