Yengil atletika va uni


 Yugurib kelib balandlikka sakrashlar texnikasi



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

4.2. Yugurib kelib balandlikka sakrashlar texnikasi
Yugurib kelib balandlikka sakrash – bu koordinatsion murakkab tur 
bo‘lib, u sportchilarning jismoniy sifatlariga yuqori talablar qo‘yadi. 
Bu sakrashni shartli ravishda to‘rtta asosiy tuzilmaviy fazalarga 
bo‘lish mumkin: 1) yugurib kelish; 2) itarilish (depsinish); 3) to‘sin 
ustidan oshib o‘tish va 4) yerga tushish.
42-rasm. 
Fosbyuri-flop usulida balandlikka sakrash 
texnikasi ketma – ketligi.
 “To‘lqin” usuli – 
Bu usulda yugurib kelish to‘g‘ri chiziq bo‘ylab, 
to‘singa nisbatan 60
o
– 70
o
burchak ostida yoki to‘g‘ri burchak ostida 
bajariladi. Itarilish to‘sindan 130-150 sm narida amalga oshiriladi: 
yugurib kelish burchagi qancha katta bo‘lsa, itarilish joyi shuncha 
uzoqroq bo‘ladi. Siltanish deyarli to‘g‘ri uzatilgan oyoq bilan, erkin 
va keng bajariladi. Itarilishdan so‘ng, siltanishni bajaradigan oyoq 


294
boldiri planka ustiga ko‘tarilgan paytda gavda yugurib kelish tomoniga 
egilgan holda itariladigan oyoq tomonga bir oz buriladi, itariladigan 
oyoq tizza bo‘g‘imidan bir oz bukiladi. 
To‘sin ustida turgan holatda siltanishni bajaradigan oyoqning tos-
son bo‘g‘imi uning proyeksiyasini kesib o‘tgan paytda, siltanuvchi 
oyog‘i tezlik bilan oyoq kaftini ichkariga qaratgan holda to‘sin orqasiga 
tushiriladi. Gavda ko‘krak tomoni bilan to‘singa buriladi, siltanuvchi 
oyoq oxirigacha ichkariga keltiriladi va to‘sin ustidan imkoni boricha 
balandroq ko‘tariladi. Elkalar bosh bilan birga pastga yugurib kelish 
tomonga egiltiriladi. Siltanuvchi oyoq va gavda to‘sin ustida eng 
yuqori, ya’ni tos joylashgan nuqtaga yoy (“to‘lqin”) hosil qiladi. 
Qo‘llar pastga tushiriladi yoki yon tomonlarga ochiladi. Yoysimon 
harakatni davom ettira turib, siltanuvchi oyoq pastga tushiriladi, 
sakrovchi butun gavdasi bilan to‘sin tomonga buriladi, boshi va 
elkalarini orqaga uzatadi. Siltanuvchi oyoq, tizzadan bukilib, orqaga 
chiqariladi. Yerga tushish ko‘krak yoki to‘singa nisbatan yonbosh 
bilan siltanuvchi oyoqqa amalga oshiriladi (43-rasm).

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin