Yengil atletika va uni



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

41 – rasm. 
Balandlikka sakrash usullarining evolyutsiyasi
Dastlab, to‘g‘ridan – to‘g‘ri yugurib kelib, oyoqlarni yig‘ib 
sakrash usuli mavjud bo‘lgan (41 a – rasm). Bu usul nisbatan 
samarali bo‘lib, bunda oshib o‘tiluvchi planka sakrovchining 
OSMT uchish trayektoriyasi yuqorigi nuqtasidan 35 – 40 sm pastda 
joylashishi mumkin. «Hatlab o‘tish» usuli (41 b – rasm) sakrash 
texnikasi rivojlanishida oldinga sezilarli qadam tashlash bilan amalga 
oshiriladi. Planka orqali siltanuvchi va itariluvchi oyoqlarning ketma 
– ketlikda o‘tkazilishi hisobiga sportchilar OSMT dan 20 – 25 sm 
quyida joylashgan balandlikni zabt eta olishlari mumkin. Sakrashning 
bu usuli deyarli 30-yil davomida yyetakchi sifatida o‘rin tutgan. Bu 
usuldan birinchi dunyo rekordchisi R.Maychl foydalangan (167,6 sm, 
Angliya, 1064-yil). 
«To‘lqin» usulida balandlikka sakrash (41 v – rasm) usuli M.Suini 
(197 sm, AQSh, 1895-yil) nomi bilan bog‘liq hisoblanadi.
Sakrashning bu usulida sportchi tanasining planka ustida gorizontal 
holatda joylashishi hisobga olinadi, bu holat ushbu usulning katta 
darajada samaradorligini ta’minlaydi.


290
«Oshib o‘tish» ko‘rinishidagi yangi usulda 1912-yilda ikki metrlik 
balandlik zabt etilgan (D.Xorayn, AQSh). «Oshib o‘tish» usuli (41 g – 
rasm) OSMT dan bor – yo‘g‘i 10 – 12 sm quyida joylashgan plankani 
oshib o‘tish imkonini beradi. Aynan ushbu usul yordamida 1936-yilda 
dunyo rekordi o‘rnatilgan. 


291
O‘tgan asrning 1930-yillarida «oshib o‘tish» usuliga jiddiy 
raqobatchi sifatida «oshirib tashlash» sakrash usuli paydo bo‘lgan (41 d 
– rasm). 1936-yilda bir vaqtning o‘zida ikkita Amerikalik sportchilar – 
K.Djonson («oshib o‘tish» usulida) va D.Olbritton («oshirib tashlash» 
usulida) 207,6 sm balandlikni zabt etishgan.
1968-yilga qadar balandlikka sakrashda «oshirib tashlash» usuli 
ustuvorlik qilgan bo‘lib, bunda plankadan o‘tishda yuqori darajadagi 
tejamkorlik qayd qilinadi, shuningdek, OSMT undan bor – yo‘g‘i 1 
sm yuqori qilib belgilanishi mumkin. Bu davrda «oshirib tashlash» 
usuli yordamida sakrashda yorqin natijalar ko‘rsata olgan sportchilar 
sifatida Ch.Dyumas (215 sm, AQSh, 1956-yil), Yu.Stepanov (216 
sm, Sobiq Ittifoq, 1957-yil), D.Tomas (222,8 sm, AQSh, 1960-yil), 
V.Brumel (228 sm, Sobiq ittifoq, 1963-yil) kabilar ko‘rsatib o‘tiladi. 
Rim shahrida (1960-yil) va Tokio shahrida o‘tkazilgan (1964-
yil) Olimpia o‘yinlarida Sobiq Ittifoqlik R.Shavlakadze va V.Brumel 
chempionlikni qo‘lga kiritishgan. 
XIX Olimpia o‘yinlarida (Mexiko, 1968-yil) D.Fosbyuri (AQSh) 
g‘oliblikni qo‘lga kiritib, bu sportchi sakrashning yangi usulini 
namoyish qilgan, bu usul «fosbyuri-flop» deb nomlangan (41 e – 
rasm).


292
Navbatdagi 10-yil davomida balandlikka sakrashning ikkala usuli 
(«oshirib tashlash» va «fosbyuri-flop» usullari) bo‘yicha faoliyat olib 
boruvchi sportchilar o‘rtasida bahs davom etgan: jumladan, P.Matstdorf 
(229 sm, AQSh, 1971-yil, «oshirib tashlash» usulida), D.Stounz 
(232 sm, AQSh, 1976-yil, «FOSBYURI-flop» usulida), V.Yashenko 
(234 sm, Sobiq ittifoq, 1978-yil, «oshirib tashlash» usulida) yuqori 
natijalarni qo‘lga kiritishgan. Bu bahslashishlar «fosbyuri-flop» 
usuli foydasiga hal qilinib, navbatdagi davrlarda balandlikka sakrash 
bo‘yicha barcha rekord natijalar aynan, «fosbyuri-flop» usulida qo‘lga 
kiritilgan: jumladan, Ya.Vshola (235 sm, Polsha, 1980-yil), G.Vessig 
(236 sm, GDR, 1980-yil), Ch.Szyanxua (239 sm, Xitoy, 1984-yil), 
R.Povarnistin (240 sm, Sobiq ittifoq, 1985-yil), I.Paklin (241 sm, 
Sobiq ittifoq, 1985-yil), P.Sheberg (242 sm, Shvetsiya), X.Sotamayor 
(245 sm, Kuba, 1993-yil) kabi sportchilar bu usulda yuksak natijalarni 
qo‘lga kiritishgan. «Fosbyuri-flop» usulining ustunligi shundaki, 
ya’ni bunda nafaqat o‘tish usuli samaradorligi yuqori bo‘lishi (OSMT 
planka darajasida yoki hatto, undan biroz pastroq bo‘lishi) qayd 
qilinadi, balki yugurishning nisbatan yuqori qiymatga ega bo‘lishi 
kuzatiladi. 
Balandlikka sakrash bo‘yicha ayollar o‘rtasida birinchi rekord 
natija 1926-yilda qayd qilingan bo‘lib, 156 sm ni tashkil qiladi 
(Green, Angliya). K.Gizolf (162 sm, Gollandiya, 1932-yil), D.Shili 
(165 sm, AQSh, 1932-yil), D.Odem (166 sm, Angliya, 1939-yil), 
F.Blankers-Kun (171 sm, Niderlandiya, 1943-yil), Sh.Leruill (172 
sm, Angliya, 1951-yil), A.Chudina (173 sm, Sobiq ittifoq, 1954-yil) 
kabi sportchilar tomonidan amalga oshirilgan zo‘r berishlar natijasida 
rekord natija «shifti» 173 sm ga etkazilgan. Yuqorida sanab o‘tilgan 
barcha ayol sportchilar «hatlab o‘tish» usulidan foydalanishgan. 
Iste’dodli sportchilardan biri bo‘lgan I.Balash (Ruminiya) «to‘lqin» 
usulida sakrash oqrali 1958 – 1961-yillar davomida rekord natijani 12 
marta takroriylikda yaxshilagan va 191 sm natija ko‘rsatgan. Keyin 
esa, ayollar o‘rtasida balandlikka sakrash musobaqalarida «oshirib 
tashlash» usulidan foydalanish davri boshlangan bo‘lib, I.Guzenbauer 
(192 sm, Avstriya, 1971-yil), I.Blagoeva (194 sm, Belorussiya, 1972-
yil), R.Akkerman – Vitchas (195 – 200 sm, GDR, 1974 – 1977-yil) 


293
kabi sportchilar faollik ko‘rsatishgan. Shuningdek,, «fosbyuri-flop» 
usulidan foydalanib, S.Simeoni (201 sm, Italiya, 1982-yil), U.Meyfart 
(202 sm, FRG, 1982-yil, 203 sm, 1983-yil), T.Bikova (203 va 204 
sm, Sobiq ittifoq, 1983-yil, 205 sm, 1984-yil), L.Andronova (207 sm, 
Belorussiya, 1984-yil), S.Kostadinova (209 sm, Belorussiya, 1987-
yil) kabi sportchilar 2 metrdan baland natijalarni qo‘lga kiritishgan. 

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin