295
paytda u itariladigan oyog‘i tomondagi yonboshi bilan to‘sindan
oo‘ib o‘tadi. Qo‘llar oyoq siltanishi bilan bir
vaqtda yuqoriga ketadi,
keyin to‘sindan oshib o‘tish vaqtida gavdaning ko‘kragi bilan pastga
burilishiga yordam bergan holda tushiriladi. «Perekat» (yumalab
o‘tish) usulida sakrashda planka ustidan yaxshiroq o‘tish uchun
yonboshlab yota boshlangan paytda siltanuvchi oyoq
bilan gavda
plankaning narigi tomoniga tushiriladi (44- rasm).
44-rasm.
“Perekat” usulida balandlikka sakrash
Perekidnoy usuli
Yugurib kelib 25-35
0
burchak ostida cho‘pga
bajariladi. Sakrash oyoq bilan tayoqqa yaqin kelganda bajariladi.
Sakrab o‘tish qoidasi bo‘yicha xuddi hatlab o‘tish kabidir. Mashqni
bajarish uchun o‘ng
oyoq keng ochilib, bo‘shashtiriladi, boshlang‘ich
holat sakrash vaqtida ham takrorlanadi. Ikkala qo‘l ham ozgina tirsak
qismidan bukilgan, silkinch oyoq bilan birga ko‘tariladi. Yelka
va gavda
ozgina ortga bukilib, ko‘krak sportchi tayoqqa nisbatan chalqancha
holatni egallaydi. Depsinuvchi oyoqning tizza va bo‘ksa
mushaklari
tashqi tarafga egiladi. Tovon silkinch oyoqqa yaqinlashadi. Sportchi
tayoqdan ko‘krak va qorin qismi bilan o‘tadi. Silkinch oyoq harakati
hisobiga depsinuvchi oyoq tayoq atrofida aylanish hosil qiladi. Sportchi
tayoqdan sakrab o‘tib silkinch qo‘li va yelkasini tushiradi, qarama –
qarshi qo‘l va yelkasini yon tomonga yoki orqasiga oladi.
Bir vaqtning
o‘zida depsinuvchi oyoq tizzasi va silkinuvchi oyoq ozgina tayoqdan
pastga tushiriladi. Yerga qo‘nish sportchining silkinuvchi oyoq va qo‘l
yoki depsinuvchi tana qismi yoki kuchli aylanish holati orqa bilan
amalga oshiriladi. Yuqorida sanab o‘tilgan
sakrash turlarida yerga
qo‘nish balandligi 70 sm bo‘lgan qumli chuqurchaga qo‘niladi. Sport-
chilar sakrash vaqtida sakrash texnikasini o‘rgatish lozimdir (45-rasm).