298
O‘rgatishni 1-4 yugurish qadami tashlab sakrashdan boshlagan
ma’qul. Shunda shug‘ullanuvchining depsinishni va keyinchalik
planka ustidan o‘tishni bilib olish osonroq bo‘ladi. Depsinish va planka
ustidan o‘tishni o‘zlashtirgandan keyin ancha uzoqroqdan yugurib
kelib, asta-sekin tezlikni va plankani ko‘tarib sakrashga o‘tiladi.
Har bir harakatni ko‘p marta takrorlash lozim. Oldin taqlid
mashqlari bajariladi, keyin esa harakatlar planka ustidan sakrab
o‘rganiladi. Chinakam mashqqa yaqin keladigan mashqlardan tashqari,
kuch va egiluvchanlikni rivojlantiradigan, umumiy va maxsus sakrash
mashqlarini keng qo‘llash kerak.
Quyida yugurib kelib balandlikka sakrash texnikasini o‘rgatish
uslubiyati berilgan. Boshida balandlikka sakrashning ―hatlab o‘tish»
usulini o‘rgatish uslubiyatini to‘liq o‘rganib, keyin boshqa usullarga
o‘tish maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: