Yengil atletika va uni



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

54-rasm 
Langarcho‘pning ko‘rinishi


312
Shuningdek,, 5 metrlik balandlik zabt etilishi sportchilarning 
sakrash davomida yerga tushish joyiga alohida diqqat – e’tibor qaratish 
talabini yuzaga keltirgan bo‘lib, bunda yog‘och material qipig‘i va 
qirindisi o‘rniga yumshoq parolon materialdan foydalanishga o‘tilgan. 
55-rasm.
 Langarcho‘p bilan sakrash yo‘lagi va joyi
Olti metrlik balandlik birinchi marta S.Bubka tomonidan 
1985-yilda zabt etilgan bo‘lib, ushbu sportchi tomonidan dunyo 
rekordi o‘rnatilgan (6,14 metr).
Afina shahrida o‘tkazilgan XXVIII Olimpia o‘yinlarida chempion-
lar sifatida 5,95 metr natija bilan M.Timoti (AQSh), ayollar o‘rtasida 
4,91 metr natija bilan E.Isinbaeva (Rossiya) kabi sportchilar qayd 
qilingan. Hozirgi vaqtda langarcho‘p bilan balandlikka sakrash 
bo‘yicha erkaklar o‘rtasida dunyo rekordi Ukrainalik Sergey Bubkaga 
tegishli bo‘lib, 1994-yil, 6,14 m natija qayd etgan bo‘lsa, langarcho‘p 
bilan balandlikka sakrash bo‘yicha ayollar o‘rtasida dunyo rekordi 
rossiyalik Yelena Isinbayevaga tegishli u 2009-yil, 5,06 m natijani 
qayd etgan.
5.2. Langarcho‘p bilan sakrash texnikasi
Langarcho‘p bilan sakrash texnikasini quyidagicha qismlarga ajra-
tish mumkin:
- yugurib kelish (bu o‘z ichiga langarcho‘pni yerga

tayanch 
qutisiga qo‘yilishini);
- depsinish, sakrashni tayanch qismlari (osilish, siltanish, gavdani 
to‘g‘irlash, tortilish va ko‘tarilish);
- tayanchsiz uchish (plankadan o‘tish);
- qo‘nish (yerga tushish).


313
Langarcho‘p bilan sakrashning boshqa sakrash turlaridan farqi 
shuki uning ko‘chma tayanch ya’ni langarcho‘p bilan bajarilishidir. 
U yurib kelishdan, langarcho‘pni yerga tirash va depsinishdan, 
osilishdan, langarcho‘pda sakrovchining ko‘tarilishidan, plankadan 
o‘tish va yerga tushishdan iboratdir.
Bu sakrash fazalari hammasi bir – biri bilan bog‘liq bo‘lib, ma’lum 
bir ritmda bajariladi.

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin