315
chap qo‘lni yozib yuborish mumkin emas, unga butun gavdani olg‘a
yo‘naltirib faqat tayanib turilsa bas.
56-rasm.
Langarcho‘p bilan sakrashda depsinish
va osilish ketma-ketligi
Chap qo‘l langarcho‘pni oldinga-yuqoriga yo‘naltirilayotganida,
o‘ng qo‘l langarcho‘pning yuqorigi uching ushlab qoladi. Bunday
usul depsinish vaqtidayoq langarcho‘pni egishga yordam beradi. Va
shundan so‘ng sakrovchi yerdan depsinib langarcho‘pga oshishga
o‘tadi. Bunda depsinuvchi oyoqni yerga qo‘yishdagi burchagi
taxminan 60-63
o
ni tashkil etadi, depsinish burchagi esa 75-78
o
ni
tashkil etadi. Depsinishning boshida tayanch kuchi vertikal bo‘yicha
yuqori darajaga ya’ni 600 kg da bo‘ladi, gorizontal bo‘yicha esa 200 kg
ni tashkil etadi, lekin depsingandan so‘ng bu kuchlanishlar 2-3
marta
kamayadi. Langarcho‘pni tayanch holatiga keltirgandagi gorizontal
kuchni urilishi 300 dan 350 kg gacha bo‘ladi. Bularning hammasi
langarcho‘p bilan sakrovchilarni kuchini rivojlantirish bo‘yicha
tayyorgarligiga katta talab qo‘yilishini ko‘rsatadi. Depsinishdan
so‘ng sakrashni tayanch qismi boshlanadi, bunda qo‘ydagicha bo‘lish
mumkin: osilish, siltanish, tanani bukish, tortishish va yuqoriga
ko‘tarishlarga.
Depsinishdan so‘ng sakrovchi langarcho‘pga osilishga o‘tadi.
Osilish sakrovchi yerdan uzilgandan to gavdani cho‘pdan
uzoqlashtirish
boshlanguncha davom etadi. Osilish fazasi qisqa vaqt (taxminan 0,11-
0,12 sek) davom etadi.
Langarcho‘pga osilishdan asosiy maqsad – gavdani yuqoriga
uchun yetarli tezlikka “Sakrovchi langar” tizimi vositasida ortishidir.
Bu, elastik langarcho‘p bilan sakraganda, asosan cho‘pning og‘irligini
316
davom ettirib, sakrovchi UOM dan tayanch nuqtasigacha bo‘lgan
radiusni kamaytirish bilan bajariladi. Bunda sakrovchining UOM
ma’lum darajada
pastroqda
(langarcho‘pni ushlash nuqtasiga nisbatan)
bo‘lgani yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: