Yengil atletika va uni



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

Tayanch iboralar.
1. Depsinish
2. Uchish
3. Yerga tushish


309
4. Depsinish tezligi
5. Gorizontal tezlik
6. Vertikal tezlik
7. Sapchish
8. Usul va usullar
9. Sakrash fazalari
10. Fazani bajarish usullari
11. Fazani bajarish vazifalari
12. To‘lqin
13. Hatlab o‘tish
14. Oshirib tashlash
15. Fosbyuri
– flop
O‘z – o‘zini nazorat qilish uchun savollar:
1. Balandlikka sakrashning sport turi sifatida shakllanishi va 
rivojlanishi qaysi davrlardan boshlangan?
2. Balandlikka sakrash bo‘yicha musobaqalarni kim boshqaradi?
3. Balandlikka sakrash bo‘yicha musobaqalarida nechta hakam 
bo‘ladi? 
4. Balandlikka sakrashni oxirgi qadamlari qanday bajariladi?
5. Agar, sakrovchi sportchi qanday ko‘rinishdagi harakatlarni 
amalga oshirsa, u holatda sakrashga urinish hisobga olinmaydi:
6. Yugurish tezligi qanaqa bo‘ladi?
7. Depsinishda UOM qanaqa holatda bo‘lishi muhim rol o‘ynaydi?
8. Balandlikka sakrash uzoqligi nimaga bog‘liq bo‘ladi?
9. Balandlikka sakrash tezligi qanday bo‘lishi kerak?
10. Balandlikka sakrashuchun necha metr masofadan yugurib 
kelish kerak?
11. Erkaklar o‘rtasida balandlikka sakrashbo‘yicha dunyo rekordi 
qaysi davlat vakiliga tegishli?
10. Ayollar o‘rtasida balandlikka sakrash bo‘yicha dunyo rekordi 
qaysi davlat vakiliga tegishli?
11. Balandlikka sakrash shartli ravishda nechta asosiy tuzilmaviy 
fazalarga bo‘linadi?


310
V BOB. LANGARCHO‘P BILAN SAKRASH
5.1. Langarcho‘p bilan sakrashning rivojlanishi
Langarcho‘p bilan balandlikka sakrash sport mashqlari sifatida 
birinchi marta Angliyada, 1866-yilda o‘tkazilgan mamlakat 
chempionatida musobaqalar tarkibidan joy egallagan bo‘lib, bunda 
dastlabki g‘olib sifatida D.Uiler qayd qilingan va u 3,07 metr natija 
ko‘rsatgan. Bu vaqtda sport anjomi (snaryad) sifatida qattiq va og‘ir 
daraxt (qora qayin, shumtol, gikori) yog‘ochidan sakrash tayog‘i 
yasalgan. Bu anjomga va sakrash texnikasiga belgilangan maxsus 
talablar mavjud bo‘lmagan. Shu sababli, ayrim sportchilar tayanib 
sakrash uchun tayoqning uchki qismiga uch oyoqli metaldan yasalgan 
tirgak o‘rnatib olishgan. Yugurib borgan sportchi tayoqning uchki 
qismida joylashgan uch oyoqchali tirgakni planka oldida yerga 
qadagan holatda qo‘llari yordamida mahkam ushlagan holatda, 
arqondan sakrash ko‘rinishida plankadan oshib o‘tishni amalga 
oshirgan. Keyinchalik oyoqlarni ko‘targan holatda, tayoqqa tiralib, 
plankadan oshib o‘tish amalga oshirilgan. 
1889-yilda birinchi marta langarcho‘p bilan sakrash musobaqalari 
tartibi ishlab chiqilgan bunda o‘zgartirishlar kiritilgan, jumladan 
tayoqni qo‘llar yordamida quchoqlab ushlash ta’qiqlangan. Tayoqchani 
tirash uchun maxsus qutilardan foydalanilgan. Bu o‘zgartirishlar 
yugurish uzunligi masofasi va tezligini oshirishga olib kelgan.
Og‘ir va foydalanishga noqulay bo‘lgan sarkash tayoqlari o‘rniga 
yengil, elastik holatdagi bambuk yog‘ochidan ishlangan tayoqlardan 
foydalanish belgilangan. Sakrash texnikasiga kiritilgan o‘zgartirishlar 
natijalarning tezlik bilan o‘sishiga olib kelgan. Jumladan, 
1912-yildayoq M.Rayt (AQSh) tomonidan 4 metrlik balandlik 
zabt etilgan. Bambuk yog‘ochidan tayyorlangan langarcho‘p bilan
balandlikka sakrashda erishilgan maksimal qiymat 4,77 metrni tashkil 
qiladi (K.Uormyerdam, AQSh, 1942-yil). Bambuk yog‘ochidan 
tayyorlangan tayoqlar mustahkamligi bilan alohida darajada ajralib 
turmagan, ko‘pincha holatlarda sinib ketgan, namlik va harorat 
o‘zgarishlariga yomon holatda reaksiya ko‘rsatgan. 


311
Bambuk yog‘ochidan tayyorlangan tayoqlar 1945-yilgacha muso-
baqalarda foydalanilgan. 
Metaldan yasalgan tayoqlar nisbatan mustahkam va ishonchli 
bo‘lsada, biroq elastiklik xususiyati kamligi sababli natijalarning 
sezilarli qiymatda o‘sishiga olib kelmagan. Faqatgina, 15-yil 
o‘tganidan keyingina amerikalik sportchi R.Gutovski oldin erishilgan 
natijani 1 sm ga yaxshilashga muvafaq bo‘lgan. 
1960-yilda Rim shahrida o‘tkazilgan XVII Olimpiada musoba-
qalarida Amerikalik sportchi D.Breggu o‘z vatandoshi tomonidan o‘r-
na tilgan dunyo rekordini yaxshilashga muvafaq bo‘lgan (4,80 metr). 
53-rasm
 Langarcho‘p bilan sakrashning evalyutsion o‘zgarishi
Albatta, bunda elastik xususiyatga ega bo‘lgan sintetik tayoqlar 
yaratilmaganda balandlikka sakrash bo‘yicha dunyo miqyosidagi 
olg‘a ketishlar tempini tasavvur qilish qiyin bo‘lar edi. 1963-yilda 
tomonidan bu ko‘rinishda yaratilgan langarcho‘p bilan besh metrlik 
balandlik zabt etilgan. Yangi yaratilgan sakrash tayog‘i ichi bo‘sh 
quvur shakliga ega bo‘lib, «fiberglas» sintetik materialidan (alyuminiy 
va po‘latdan mustahkam hisoblangan, epoksid smola bilan biriktirilgan 
shishatola) yasalgan, uzunligi 5 metr, og‘irligi qiymati 4 – 5 kg ga teng 
hisoblanadi. 

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin