324
4. Uchinchi vazifadagi uchinchi mashqni langarni beldan pastga
tushirgan holatdan boshlab, uni tezroq boshdan yuqori ko‘tarishga
intilib bajarish.
5. Langarni ilgarigi mashqda qo‘l
sirpanib tushgan joyidan tutib,
ikki qadamdan qadash (texnika tasviriga qarang).
6. Shuning o‘zini bir necha qadamdan bajarish.
7. Shuning o‘zini depsinib va langarga osilib qolib bajarish.
8. Shuning o‘zini 4 va 6 qadam yugurib kelib bajarish.
Uslubiy ko‘rsatmalar.
Bu vositalarning asosiylari oxirgi to‘rt
mashqdir. Bu vazifani bajarishda talabalar lapgarcho‘pni to‘g‘ri
olg‘a emas, balki yuqorilatib olg‘a yo‘naltirishlariga e’tibor
berish
kerak. 4-6
qadam yugurib kelganda, langarni
qadash paytini aniqlash
uchun, depsinishdan 2 qadam ilgariroq belgi qo‘yib qo‘yish mumkin.
Yugurib kelishni 12-13 oyoq tagi miqdorida uzaytira borish kerak; bu,
taxminan, 2 yugurish qadamiga teng keladi. Tasvirlangan
mashqlarni
o‘zlashtirish jarayonida langarni qumga
qadashdan maxsus qutiga
qadashga o‘tish asta-sekin bo‘lishi lozim. Agar
yugurib kelish
uzoqlashgani munosabati bilan langarni qadashdagi ishonch sal
o‘zgargudek bo‘lsa, goho-goho qumga
qadashni takrorlab mashq
qilish kerak.
Dostları ilə paylaş: