Yengil atletika va uni


Langarcho‘p bilan sakrash texnikasini o‘rgatish uslubiyati



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

5.3. Langarcho‘p bilan sakrash texnikasini o‘rgatish uslubiyati
Langarcho‘p bilan sakrashning murakkab va mukammal texnika-
sini birdaniga o‘rganish qiyin, ammo oddiy asosini tezda o‘rganib 
olish mumkin. Dastlabki o‘rganishdagi muvaffaqiyat ko‘proq shu-
g‘ul lanuvchining jismoniy tayyorgarligi va psihologik va irodaviy 
fazalariga bog‘liq.
Elastik (fiberglass) langarcho‘p bilan sakrashni boshlashdan oldin 
texnikaning asosiy elementlarini (langarcho‘pni qutiga qo‘yish, osilish, 
uzoqlashish, gavdani tortish, burilish va planka ustidan o‘tishlarni) 
o‘zlashtirib olish kerak.
Dastlabki vaqtlarda langarcho‘pning egiluvchanligining ahamiyati 
yo‘q, chunki yangi shug‘ullana boshlaganlar undan foydalana 
olmaydilar. Yerga tushadigan chuqur bilan langarcho‘plarda kamchilik 
bo‘lmasligining muhim ahamiyati bor. Langarcho‘p bilan sakrashning 
murakkab texnikasini o‘zlashtirib olishda yordam beruvchi turli xil 
maxsus mashqlar mavjud.


321

59-rasm.
 Langar
cho‘pdan sakrash joyi va texnikasi ketma - ketligi.


322
Asosiy vazifalarni hal etish uchun quyidagi vazifalar, vositalar va 
uslubiy ko‘rsatmalar berilgan.
1-vazifa.
Shug‘ullanunchilarga langarcho‘p bilan sakrash texnika-
sini tanishtirish. 
Vositalari: 
1. Sakrash texnikasini namoyish qilish.
2. Ko‘rgazmali qurollardan foydalanib (kinogramma, kinokolstovka 
va h. k.), texnika detallarini va xususiyatlarini tushuntirish.
2-vazifa.
Langarcho‘p bilan yugurib kelishni o‘rgatish. Bu vazifa 
keyingi vazifazar bilan parallel hal etiladi.
Vositalari: 
1. Langarcho‘p bilan yurish va sekin yugurish.
2. Langarcho‘p bilan 40-50 m gacha tezlanishli yugurish. 
Z. Langarcho‘p bilan va langarcho‘siz kela turib 20 m ni yugurib 
o‘tish vaqtini hisoblash. 
4. Oraligi turli xil masofadan yugurib kelib, langarcho‘pni qutiga 
qo‘yish bilan ko‘zda mo‘ljal olishni yaxshilash. 
5. Yugurib kelishni aniqlash va takomillashtirish.

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin