325
6. Arqon va langarda mashqlar:
qisqa yugurib kelib, sakrab arqonga
osilib, oyoqlar bilan yuqoriga silkinib chap tomonga burilish. Shuning
o‘zini planka ustidan o‘tib bajarish.
7. Mustahkam o‘rnatilgan langarcho‘pga osilib, oyoqlarni ko‘p
marta silkib ko‘tarish.
8. Lapgarcho‘pning yuqorigi qismiga silkinuvchi oyoqni tegizishga
harakat qilib, langarcho‘p bilan sakrash. Burilmasdan, oldinga yiqila
turib, oyoqni tushirish.
9. Langarcho‘pni qadab, qo‘lni bo‘shatmay,
uning yuqori qismi
tomon o‘girilish (langar chap tomonda qoladi). Chap oyoqni
qo‘yib, o‘ng oyoqni olg‘a silkib, chap tomonga burilib, o‘ng oyoqni
pasaytirmaslikka intilish.
10. Shuning o‘zini sakrab, o‘ng oyoqni
tushirib va ikkala oyoqda
yerga tushib bajarish.
Uslubiy ko‘rsatmalar.
Oldin oyoq bilan gavdani silkib, keyin
qo‘llarda tortilishga e’tibor berish kerak.
Sakrash vaqtida sportchi
langarcho‘pdan juda uzoqqa o‘tib ketmasliti kerak. Uzoqlashishga
ko‘proq e’tibor berish kerak. Burilishdan keyin oyoqlarni barvaqt
oldinga tushirmaslik kerak, yelka langarcho‘p yaqinida bo‘lsin.
Sakrashda ham, yerga tushishda
ham hamma vaqt muvozanat
saqlashga e’tibor berilsin. Yerga tushish vaqtida langarcho‘p o‘ng
yelka yonida, qo‘llar tirsagi yon tomonlarga yo‘nalgan bo‘lishi kerak.
Shug‘ullanuvchilarni yerga tushish texnikasi bilan ham tanishtirish
kerak. Yuqorida ko‘rsatilgan vositalardan asosiylari dastlabki 4 ta
mashqdir. Uchinchi mashq – langarcho‘p bilan uzunlikka sakrab
burilish – muhim mashqlardan biridir.
Bu mashqda depsinish,
langar tagiga kirib borish va uzun silkish elementlari, ya’ni sakrash
texnikasining asosiy elementlari shiddat bilan bajariladi. Langarcho‘p
bilan uzunlikka sakrashda texnikaning alohida
elementlarini yaxlit
texnikaga bog‘lab o‘rganish qulayroq bo‘ladi. Bunday sakrashga
o‘rgatayotganda, o‘quv musobaqasi o‘tkazish foydalidir.
Dostları ilə paylaş: