Yengil atletika va uni


Elastik langarcho‘ppda sakrash texnikasini o‘rgatish tartibi



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

Elastik langarcho‘ppda sakrash texnikasini o‘rgatish tartibi:
1-vazifa.
Elastik langarcho‘pni egishni o‘rgatish.
Vositalari: 
1. Depsinish joyida langarcho‘pni qutiga qadab, chap qo‘l bilan 
unga tayanib va o‘ng qo‘l bilan tutib turib, ko‘krak va tos bilan oldinga 
jilib, langarni egish. 
2. Shuning o‘zini 4-6 qadam yurib kelishdan langarcho‘pni qutiga 
qadab bajarish. 
3. Shuning o‘zini sekin yugurib kelib, oyoqni yerdan uzmay baja-
rish. 
4. Langarcho‘pni pastrog‘idan tutib, sekin yugurib kelishdan 
osilishga o‘tib, langarni egish va depsingan joyga qaytib tushish.
5. Asta-sekin yugurib kelishni uzaytirib, langarning tutish joyini 
yuqorilashtirib depsingandan keyin, egilgan langarda osilgancha, 
vertikaldan nari o‘tish.
Uslubiy ko‘rsatmalar.
Dastlab langarcho‘pga chap qo‘lni bukmay 
tayanishga yo‘l qo‘yish mumkin, lekin bora-bora o‘rganish darajasi 
ortgan sari, chap qo‘lning to‘g‘ri burchakka yaqin bukilishini talab 
qilish kerak. Qo‘lning bukilish darajasi o‘zgarishi mumkin, lekin 
panja har doim langarcho‘pga tayanib qolishi kerak. Osilib turganda 
oyoqlarni tushirish elastik langarcho‘p bilan sakraganda temir 
langarcho‘p bilan sakragandagichalik katta ahamiyatga ega emas.
2-vazifa.
Oyoqlarni ko‘tarish va uzoqlashish texnikasini o‘rgatish.
Vositalari. 
1. Birinchi vazifadagi 5-mashqning o‘zi, lekin vertikal holatdan 
o‘tayotganda tos harakatini sekinlatib, oyoqlarni oldinga “burchak” 
hosil qilib ko‘tarish. 


328
2. Oyoqlarni asta-sekin yuqoriroq ko‘tarish, yelka kamarini esa, 
dumalayotgandek, orqaga tortib, oyoqlar vertikal, gavda esa gorizontal 
holatda bo‘lishiga intilish. UOM albatta langarcho‘pdan orqada qolishi 
kerak.
3. Shuning o‘zini turnikda yoki mustahkam o‘rnatilgan qimir la-
maydigan langarcho‘pga osilib bajarish.

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin