Yengil atletika va uni


-vazifa. Planka ustidan o‘tish texnikasini o‘rgatish. Vositalari



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

6-vazifa.
Planka ustidan o‘tish texnikasini o‘rgatish.
Vositalari: 
1. Stul ustida bukilgan oyoqlarni yuqori ko‘tarib, yarim bukilgan 
qo‘llarda tik turish. Oyoqlarni tushirib, qo‘llarni tiklab, stul suyanchig‘i 
ustidan o‘tish. 


326
2. Shu mashqning o‘zi, lekin gimnastik skameyka ustidan depsinib 
barer yoki planka ustidan o‘tish. 
3. O‘tirgan holatdan aylanib, qo‘llarda tik turish. Shuning o‘zini 
planka ustidan aylanib bajarish. 
4. Yugurib kelib, skameykadan yoki plintdan depsinib, plankadan 
sakrab o‘tish. 
5. Qimirlamaydigan langarcho‘pdan planka ustidan o‘tish. 
6. Yugurib kelib (6-8 iadamdan) o‘qituvchi yoki uning yordamchisi 
ushlab turgan plankadan sakrab o‘tish. Planka, taxminan, 160-180 sm 
balandda, qutining orqa devoridan esa 150-200 sm narida. 
7. Qutidan 100-150 sm naridagi planka ustidan sakrab o‘tish.
8. Sakrash o‘zlashtirila borgan sari planka balandroq ko‘tarilib, 
qutiga yaqinlashtiraveriladi.
Uslubiy ko‘rsatmalar.
Planka ustidan tezroq o‘tishga harakat 
qilish barvaqt burilishga sabab bo‘ladi. Bunday hollarda ikki oyoq 
bilan yuqoriga silkinishga, planka ustidan chalqancha yoki yonboshlab 
o‘tiladigan bo‘lsa, o‘z vaqtida burilishga e’tibor berish kerak bo‘ladi. 
Shuningdek,, plankadan uzqolashish va yerga tushishning to‘g‘ri 
bo‘lishiga ham e’tibor berish zarur. Birinchi sakrashlarda, sakrovchi 
tegmasdan o‘tishi uchun plankani qo‘lda tutib, past yoki baland qilib 
burish kerak. Bu sakrovchida ishonch hosil bo‘lishiga yordam beradi.
7-vazifa. 
Elastik langarcho‘p bilan sakrashni o‘rgatish.
Sakrovchi temir yoki bambuk langarcho‘pda sakrashning texnika 
elementlarini o‘zlashtirgandan keyingina, elastik langarcho‘p bilan 
sakrashni o‘rgana boshlashi mumkin. Bu vaqtga kelib, sportchi 
330-360 sm balandlikdan langarcho‘p bilan sakray olishi va elastik 
langarcho‘pni 4 m yuqorisidan tutib yugura olishi kerak.
Oldinlari chuqurligi 40 sm dan normal 20 sm gacha o‘zgaradigan 
maxsus o‘quv qutisi ishlatib, o‘rgatish sharoitini yengillatsa ham 
bo‘ladi. Sportchi langarcho‘pni egib, o‘z kuchini to‘g‘ri yo‘naltirishni 
o‘rgansin uchun, egiluvchanligi ko‘proq langarcho‘pdan ham 
foydalanish mumkin.
Sakrovchi sakrash texnikasini egallab, langarcho‘pni ko‘lroq egish 
natijasida ma’lum kuch sarflashni o‘rgangandan keyin, ancha qattiqroq 
langarcho‘pga o‘tishi mumkin. Murabbiy langarcho‘p egilishini diqqat 


327
bilan kuzatib borib, uni o‘z vaqtida almashtirish uchun maslahat berishi 
kerak. O‘quvchi biron texnika elementini noqulayroq bajarganda ham, 
yerga tushganda lat emaydigan hamma sharoit bo‘lishi kerak. Shuning 
uchun dastlabkn vaqtlarda tayanch qutining ikki yoniga ham porollon 
tiqilgan qoplar yoki gimnastik to‘shaklar solib qo‘yiladi. Ishonch 
bilan sakrashning ikkinchi sharti o‘rgatish tartibiga rioya qilishdir 
(shoshilinch o‘rgatish zarurati yo‘q bo‘lsa).

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin