326
2. Shu mashqning o‘zi, lekin gimnastik skameyka ustidan depsinib
barer yoki planka ustidan o‘tish.
3. O‘tirgan holatdan aylanib, qo‘llarda tik turish. Shuning o‘zini
planka ustidan aylanib bajarish.
4. Yugurib kelib, skameykadan yoki plintdan depsinib, plankadan
sakrab o‘tish.
5. Qimirlamaydigan langarcho‘pdan planka ustidan o‘tish.
6. Yugurib kelib (6-8 iadamdan) o‘qituvchi
yoki uning yordamchisi
ushlab turgan plankadan sakrab o‘tish. Planka, taxminan, 160-180 sm
balandda, qutining orqa devoridan esa 150-200 sm narida.
7. Qutidan 100-150 sm naridagi planka ustidan sakrab o‘tish.
8. Sakrash o‘zlashtirila borgan sari planka balandroq ko‘tarilib,
qutiga yaqinlashtiraveriladi.
Uslubiy ko‘rsatmalar.
Planka ustidan tezroq o‘tishga harakat
qilish barvaqt burilishga sabab bo‘ladi.
Bunday hollarda ikki oyoq
bilan yuqoriga silkinishga, planka ustidan chalqancha yoki yonboshlab
o‘tiladigan bo‘lsa, o‘z vaqtida burilishga e’tibor berish kerak bo‘ladi.
Shuningdek,, plankadan uzqolashish va yerga tushishning to‘g‘ri
bo‘lishiga ham e’tibor berish zarur.
Birinchi sakrashlarda, sakrovchi
tegmasdan o‘tishi uchun plankani qo‘lda tutib, past yoki baland qilib
burish kerak. Bu sakrovchida ishonch hosil bo‘lishiga yordam beradi.
7-vazifa.
Elastik langarcho‘p bilan sakrashni o‘rgatish.
Sakrovchi temir yoki bambuk langarcho‘pda sakrashning
texnika
elementlarini o‘zlashtirgandan keyingina, elastik langarcho‘p bilan
sakrashni o‘rgana boshlashi mumkin. Bu vaqtga kelib, sportchi
330-360 sm balandlikdan langarcho‘p bilan
sakray olishi va elastik
langarcho‘pni 4 m yuqorisidan tutib yugura olishi kerak.
Oldinlari chuqurligi 40 sm dan normal 20 sm gacha o‘zgaradigan
maxsus o‘quv qutisi ishlatib, o‘rgatish sharoitini yengillatsa ham
bo‘ladi. Sportchi langarcho‘pni egib, o‘z kuchini to‘g‘ri yo‘naltirishni
o‘rgansin uchun, egiluvchanligi ko‘proq langarcho‘pdan ham
foydalanish mumkin.
Sakrovchi sakrash texnikasini egallab, langarcho‘pni ko‘lroq egish
natijasida ma’lum kuch sarflashni o‘rgangandan keyin, ancha qattiqroq
langarcho‘pga o‘tishi mumkin. Murabbiy langarcho‘p egilishini diqqat
327
bilan
kuzatib borib, uni o‘z vaqtida almashtirish uchun maslahat berishi
kerak. O‘quvchi biron texnika elementini noqulayroq bajarganda ham,
yerga tushganda lat emaydigan hamma sharoit bo‘lishi kerak. Shuning
uchun dastlabkn vaqtlarda tayanch qutining
ikki yoniga ham porollon
tiqilgan qoplar yoki gimnastik to‘shaklar solib qo‘yiladi. Ishonch
bilan sakrashning ikkinchi sharti o‘rgatish tartibiga rioya qilishdir
(shoshilinch o‘rgatish zarurati yo‘q bo‘lsa).
Dostları ilə paylaş: