Yengil atletika va uni



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

Uslubiy ko‘rsatmalar.
Sakrovchining tosi langarcho‘pdan oldinga 
o‘tib ketmasligi kerak. Uzoqlashayotganda kallani orqaga yoki 
oldinga tashlamaslik kerak. Oyoqlarning tizzasini bukib ko‘tarib, 
keyin to‘g‘rilasa ham bo‘ladi. Langarcho‘p egilayotganida, orqa bilan 
yiqilishdan qo‘rqmaslik kerak, lekin baribir chuqur oldiga gimnastik 
to‘shak to‘shalishi kerak.
3-vazifa.
Langarcho‘pda osilib turgan holatdan gavdani yuqoriga 
ko‘tarish texnikasini o‘rgatish.
Vositalari. 
1. Yerda chalqancha yotib, kuraklarga tayanib, oyoqlar va tosni 
yuqo riga ko‘tarish. 
2. Yerda o‘tirgan holatdan orqaga dumbaloq oshib, qo‘llarda tik 
turish. Shuning o‘zini chapga burilib bajarish. 
3.Turnikda tayangan holatdan orqaga tashlanib, yoy bo‘lib irg‘ib 
tushish. 
4. Turnikda tayanib turgan holatdan snaryadga gavdani tegizmay, 
orqaga aylanib chiqib, oyoqlarini tik ko‘tarib qo‘llarda turib qolish. 
5. Bo‘sh uchini sherigi ushlab turgan arqonga osilib olish, arqondan 
uzoqlashayotib, sherigi arqon uchini yon tomonga tortganda, gavdani 
yuqoriga “itqitib” yuborish. 
6. Langar tagiga “kirib” borish, undan uzoqlashayotib, langarcho‘p 
eng ko‘p bukilgan vaqtida gavdani rostlanayotgan langarcho‘p bo‘ylab 
yuqoriga “itqitib” yuborish. Tos-son bo‘g‘imini to‘g‘rilab, yuqoriga 
qo‘llar yordamida tortilib, langarcho‘p bilan birga vertikaldan o‘tib, 
oyoqlarni tushirish va yerga qo‘nish.
Uslubiy ko‘rsatmalar.
Eng muhimi langarcho‘p bukilishi va 
rostlanishi bilan harakatlar bog‘liq ekanini o‘zlashtirib olishdir. 
Sakrovchi gavdasini to‘g‘rilayotganda, oyoqlari yuqorida bo‘lishiga 
e’tibor berish kerak. Uzoqlashish va gavdani yuqoriga “itqitib 


329
tashlayotganda”, chap qo‘lni bukib, tirsagani langarcho‘pga tayab 
olish va bu holatni sezib turish kerak. Keyinchalik 6-mashq oxiriga 
buri lishni qo‘shish, ya’ni to‘liq sakrashni plankasiz bajarish mumkin. 
Burilayotganda oyoqlarni pastga tushirish va barvaqt burilish 
yaramaydi. Elastik langarcho‘pda burilish va qo‘llarga tayanib 
ko‘tarilish texnikasi temir langarcho‘p bilan sakrash tenikasidan farq 
qilmaydi. 

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin