345
berishdagi aylanishi yo‘nalishiga to‘g‘ri keladi. Snaryad og‘irlik
markazining burchak tezlanishiga nisbatan ortiqligi snaryadning
aylanish tezligi binobarin, uning aylanish yo‘nalishini belgilaydi.
Snaryadning uchish holati o‘zgarganda qarshilik kuchi o‘zgarishiga
sabab bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga snaryadning boshlang‘ich
uchish tezligi anchagina katta bo‘lgan taqdirdagina havo
muhitining
qarshiligi hisobga olinadi. Havoda harakat qilayotgan har qanday jism
muayyan qarshilikka duch keladi. Bu qarshilik harakatdagi jismning
tezligiga, katta-kichikligiga, shakliga
va jismning havo oqimining
yo‘nalishiga nisbatan qanday turganligiga bog‘liqdir.
Mexanikadan ma’lumki, harakat qilayotgan jismga havo muhitining
qarshiligi jismning harakat yo‘nalishiga perpendikulyar tekislikdagi
proyeksiyasiga va tezlik kvadratiga proporsionaldir.
Sportchi uloqti-
rishda qarshilikni aniqlayotganda avvalo, snaryadning havo oqimiga
duch keladigan yoki shu oqim bo‘ylab harakat qilayotgan ko‘ndalang
qismi sathining kattaligini va snaryadning harakat tezligini nazarda
tutishi kerak. Demak, nayza kabi snaryadning havoda qanday
uchayotganiga bog‘liq. Masalan, disk oldinga to‘ppa-to‘g‘ri
qirrasi
bilan uchishi yoki uning sathi qiyalik hosil qilib uchishi mumkin. Nayza
uloqtirishda nayzaning uchib chiqish paytida bo‘ylanma yoki uchish
trayektoriyasiga ko‘p miqdorda mos tushmasa havo qarshiligini oshirib
yuborib nayza borib tushadigan masofani kamaytirib qo‘yishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: