340
1.2. Snaryadning uchishi boshlang‘ich uchish tezligi, uchib
chiqish burchagi, havo qarshiligi
Disk va nayza uloqtirishda qarama – qarshi havo oqimiga nisbatan
uchib chiqayotgan snaryadning holati katta ahamiyatga ega. Uloqtirish
texnikasida snaryadni tushish va uloqtirishning barcha
fazalari muhim
ahamiyatga ega. Har xil snaryadni uloqtirishning o‘ziga xos tomonlari
bo‘lsa ham umumiy talablarini aniqlash mumkin. Snaryadni to‘g‘ri
qo‘lda tutish va uni uloqtirish paytida olib otish snaryadning tuzilishi
va uloqtirish texnikasiga bog‘liq.
Snaryadning tutish uloqtirishning barcha harakatlarini yaxshi
bajarishga, ayniqsa, oxirgi kuch birligida kuch va qo‘l
barmoqlari
uzunligidan, uloqtirish paytigacha uloqtiruvchi qo‘l muskullari sal
bo‘shashgan bo‘lishidan to‘liq foydalanishga va uloqtirish vaqtida
harakatlarni yaxshi kuzatishga yordam berishi kerak. Snaryadning
tuzilish usullari ularning tuzilishiga va uloqtirish texnikasiga bog‘liq.
Snaryadni tuzilish
usullari ularning tuzilishiga, uloqtirish
texnikasiga ayrim paytlarda esa uloqtiruvchining xususiyatlariga ham
bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: