1.4. Oxirgi kuch berishga tayyorlanish
oxirgi kuch berish va to‘xtatish fazalari
Oxirgi kuch berishga tayyorlanish turli xil uloqtirishda turli xil
bo‘ladi. Ammo barcha hollarda uloqtirish oxirida snaryadning harakat
tezligini oshirish katta ahamiyatga ega.
Shu bilan birga oxirgi kuch berishni bajarmoq uchun uloqtiruvchi
shunday holatda turishi kerakki, u holat oxirgi fazani snaryad eng katta
tezlik bilan uchib chiqadigan qilib bajarishga imkon bersin.
Uloqtirishning ko‘pchilik turlarida uloqtiuvchining snaryadning
ayni qo‘ldan chiqarishgacha bo‘lgan oraliq holatlar uchun uloqtirila-
yotganida gavda oyoqdan to‘liq foydalanish maqsadida UOM bir
qancha pastga tushishi harakterlidir. UOM oxirgi kuch berish oldidan
oyoqlarni ma’lum kenglikda va bo‘g‘ib mo‘ljaldagi uchib chiqish
nuqtasidan mumkin qadar uzoqda bo‘lishi juda muhim. Snaryad uchib
chiqish nuqtasidan eng ko‘p uzoqlashtirmoq uchun snaryad tutgan qo‘l
bilan birga gavdani uloqtirish, yo‘nalishga qarama-qarshi tomonga
engashtiriladi yoki aylantirib buriladi. Gavda qismlarining bunday
turishi uloqtiruvchi kuchning snaryadga ta’sir etish yo‘lini uzaytirishga
imkoni beradi. Oxirgi kuch berish oldidan oyoqlarning snaryadga
nisbatan sezilarli damlatishdan maqsad ham shu. Uloqtirishga tayyor-
lanishda yugurib kelish tartibi buzilmasa, uloqtirish tomon umumiy
olg‘a intiluvchi harakat saqlab qolinsa, shundagina uloqtirish eng
to‘g‘ri bajarilgan bo‘ladi.
1. Oxirgi kuch berishga tayyorlanish jarayonida va snaryadni
qo‘ldan chiqarish paytida uloqtiruvchi gavdasining ayrim qismlari
siljishi tezlikni o‘zgarish harakteriga umumiydir. Buni sistematik
ta’sir etsa ham bo‘ladi. G.V.Vasilev fikricha, uloqtiruvchining snaryad
bilan birga dastlabki tezligi (yugurib kelishga tayyorlanish va yugurib
kelish).
2. Tezlikni umumiy oshirilishi (tezlanib yugurb kelish).
3. Uloqtiruvchi gavdasining yuqori qismiga va snaryadga nisbatan
gavdaning pastki qismlari tezligini oshiramiz (oxirgi kuch berishga
tayyorlanish).
343
4. Gavdaning pastki qismlari siljishini sekinlashtirib gavdaning
yuqori qismlari bilan snaryad harakatini tezlatish.
5. Olg‘a intiluvchi va aylanma harakatlarning to‘liq to‘xtatilishi.
Uloqtirishga tayyorlanish bilan uloqtirishning o‘zi o‘zaro bog‘liq
bo‘lib, uni uloqtiruvchining bir holatidan ikkinchi holatiga oddiygina
o‘tish deb bo‘lmaydi.
Oxirgi kuch berishdan to‘la foydalanish uchun muskullarning elastik
xususiyatidan foydalanish imkoniyatini ham nazarda tutish kerak.
Uloqtirishni bajarayotganda muskullar elastikligidan foydalanish,
sportchilarga iroda sarflash bir xil ekanligida ham snaryad ko‘proq
kuch bilan ta’sir etish imkonini beradi.
Muskullarni elastik xususiyatidan foydalanish ayniqsa, yakulovchi
fazadan muhimdir. Oxirgi kuch berilishida kuchning snaryadga ta’siri
uloqtiruvchi kuch tayanch holatda ekanligidan eng zo‘r bo‘lishi
mumkin. Bunda chap oyoq gavda bilan snaryadni ma’lum burchak
osti da yuqoriga siljishiga yordam berishi kerak.
Chap oyoqni yerga qo‘yib bir qo‘llab uloqtirishda shu oyoq sal
bo‘lsa ham bukiladi, oyoqning bukilishi miqdori uloqtiruvchinnig
olg‘a intiluvchi harakatining tezligiga va uning muskullardagi
kuchiga bog‘liq. Oxirgi kuch berishda hamma vaqt olg‘a tomon yuqo-
rilab yo‘nalgan eng tez harakat bilan bir paytda ko‘proq ham uloq-
tirish tomonga buriladi. Uloqtirishning turi va usuliga qarab yelka
kamari bilan tos harakatdagi munosabatda ba’zi bir farqlar bo‘ladi.
yakulovchi kuch berilishini yerga tayanib turganda bajarish foydalidir.
Sakrab oyoqlarni faol almashtirib, bir qo‘llab uloqtirishda tayanchsiz
holda ham uncha ham katta bo‘lmagan yakunlovchi kuch ta’sir eti-
shi mumkin. Yakunlovchi kuch berishdagi uloqtirish texnikasida
uloq tirish ijro etilayotgan maydoncha chegarasidan chiqib ketmay
muvozanat saqlab qolish zaruriyati ham hisobga olinadi.
Uloqtirish turiga va texnikasiga hamda musobaqa qoidalarida
belgilangan shartlarga qarab, uloqtirishdagi harakat turli xil oxirlana-
di. Bir qo‘llab katta tezlikda uloqtirishda sakrab oyoqlarni faol
almashtirish qo‘llaniladi. Bu snaryad uchib chiqqanidan keyin gavda
harakatini keskin to‘xtatib qolish imkoniyatini beradi.
|