Yengil atletika va uni



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

Uslubiy ko‘rsatmalar.
Ko‘rsatilgan vositalardan asosiylari – 
dastlabki uchtasidir. Qo‘llarda tortilib ko‘tarilishga yo‘l qo‘ymay, 
muvozanatni saqlash va depsinishga e’tibor berish kerak. Qo‘llar sal 
bukilishi mumkin, lekin ularning haddan ortiq bukilib ketishiga yo‘l 
qo‘ymaslik kerak. Osilgan paytda depsinuvchi oyoq orqada va to‘g‘ri 
bo‘lishiga e’tibor berish zarur.
4-vazifa.
Langarcho‘pni quti devoriga tirashni o‘rgatish.
Vositalari: 
1. Turgan joyda va yura turib langarcho‘p qo‘yilishini taqlid qilish. 
Yura turib va sekin yugurayotib, qo‘llarni langarcho‘p bilan olg‘a 
chiqarish. Langarcho‘pning pastki uchi yerda sudralib boradi. 
2. Shuning o‘zini sekin yugura turib, langar tagiga “kirish” holatida 
depsinib bajarish (qo‘llarning yuqoriga shiddat bilan to‘g‘rilanishiga 
va uchish paytida silkinch oyoqni tushirishga e’tibor berish lozim). 
3. Yo‘lkaning raxiga, chuqurcha va shu kabi joylarga
lan gar cho‘pni mashq qilib (ayniqsa, ochiq joylardagi mashqlarda) 
yurish. 


324
4. Uchinchi vazifadagi uchinchi mashqni langarni beldan pastga 
tushirgan holatdan boshlab, uni tezroq boshdan yuqori ko‘tarishga 
intilib bajarish. 
5. Langarni ilgarigi mashqda qo‘l sirpanib tushgan joyidan tutib, 
ikki qadamdan qadash (texnika tasviriga qarang). 
6. Shuning o‘zini bir necha qadamdan bajarish. 
7. Shuning o‘zini depsinib va langarga osilib qolib bajarish.
8. Shuning o‘zini 4 va 6 qadam yugurib kelib bajarish. 
Uslubiy ko‘rsatmalar.
Bu vositalarning asosiylari oxirgi to‘rt 
mashqdir. Bu vazifani bajarishda talabalar lapgarcho‘pni to‘g‘ri 
olg‘a emas, balki yuqorilatib olg‘a yo‘naltirishlariga e’tibor berish 
kerak. 4-6 qadam yugurib kelganda, langarni qadash paytini aniqlash 
uchun, depsinishdan 2 qadam ilgariroq belgi qo‘yib qo‘yish mumkin. 
Yugurib kelishni 12-13 oyoq tagi miqdorida uzaytira borish kerak; bu, 
taxminan, 2 yugurish qadamiga teng keladi. Tasvirlangan mashqlarni 
o‘zlashtirish jarayonida langarni qumga qadashdan maxsus qutiga 
qadashga o‘tish asta-sekin bo‘lishi lozim. Agar yugurib kelish 
uzoqlashgani munosabati bilan langarni qadashdagi ishonch sal 
o‘zgargudek bo‘lsa, goho-goho qumga qadashni takrorlab mashq 
qilish kerak.

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin