317
silkinishiga o‘tishi natijasida, markazdan qochuvchi kup hosil bo‘ladi,
u qo‘l ushlangan nuqtadan sakrovchi tanasi bo‘ylab yo‘nalgan bo‘ladi.
Sakrovchi buni langarcho‘pdan tortib ketayotgan kuchdan his etadi.
Markazdan qochuvchi kup ta’sirida langarcho‘p yanada ko‘proq
egiladi. Markazdan qochuvchi kuch ta’siri eng ko‘p vaqti sportchining
og‘irlik markazi bukilgan langarning
tasavvurdagi xordasiga yetib,
markazdan qochuvchi kuch yo‘nalishi bukilayotgan langar xordasiga
mos kelganda bo‘ladi. Shuning uchun otilish paytida sportchi gavdasi
bilan mumkin qadar tezroq oldinga siljishga harakat qiladi.
Langarcho‘p bilan sakrashda uzoqlashish sakrovchining UOM
langarcho‘pning egilgan vaqtidagi xordasiga yetganda boshlanadi.
Sakrovchi oshish vaqtida yelka harakatini sekinlatishdan boshlanib,
sakrovchi gavdasi gorizontal holatda bo‘lib, tos – son bo‘g‘imi eng
ko‘p bukilgan vaqtda tugaydi. Yelka kamari ochilgan langarcho‘pning
xordasiga
etgan zahoti, sportchi qo‘llar kuchi bilan uning oldinga
harakatini sekinlatadi. Shu bilan ketma-ket sportchi gavdaning oldin ga
siljishi ham sekinlashtiriladi. Shu vaqtning o‘zida oyoqlarning ko‘ta-
rilish tezligi ortadi. Uzoqlashayotganda sakrovchi, xuddi orqasida
dumalayotgandek harakat qilib, tos
va oyoqlarning tizzasi-yu, panja-
lari kuchi bilan ko‘taradi. Langarcho‘p ta’sir etayotgan kuchni pasay-
tirmaslik uchun, oyoqlar tizzasi barvaqt va keskin bukilmasligi darkor.
Dostları ilə paylaş: