318
Sakrovchi tos va oyoqlarini yuqoriga siljitib, o‘ng qo‘lini
bukmaslikka harakat yuqoriga siljitib o‘ng qo‘lini bukmaslikka
harakat qiladi va tosni qo‘l panjasigacha ko‘tarib, qo‘l
bilan gavda
o‘rtasidagi burchakni kamaytirishga harakat viladi.
Uzoqlashishda bukilgan chap qo‘l UOM yuqorilashgan sari
tobora ko‘proq bukila boradi, sakrovchi bilagini langarga tirab oladi,
langarcho‘pda tortila boshlab, shu chap qo‘li panjasini ko‘kragining
chap tomoniga yaqinlashtiradi.
Tortilish
– bu o‘ng qo‘lda tortila boshlagandan to o‘ng yelkani o‘ng
qo‘l panjasigacha ko‘targuncha davom etgan harakatdir. Langarcho‘pni
ushlagan qo‘llar orasi keng bo‘lgani uchun ikkala qo‘lda barobar
emas, balki galma-gal tortiladi, langarcho‘pning ko‘tarib tashlovchi
harakati esa sakrovchining faol kuchlanishini yengillashtiradi. Chap
qo‘lda tortilish o‘ng qo‘lning to‘g‘rilngan holatiga to‘g‘ri keladi, o‘ng
qo‘lda tortilish esa chap qo‘lda tayanchga o‘tish va shu qo‘l
kuchi
bilan ko‘tarilish vaqtida bo‘ladi.
Tortilish, burilish va planka ustidan o‘tish – uzluksiz yagona
kuch berishdir. Bu harakatlarni bajarish hech sekinlashmasligi kerak.
Buri lish mumkin qadar kech va tezroq bajariladi. Bunga qo‘llarning
uzun uzatishlik bo‘lishi va oyoqlarning yuqori (burmasdan) ko‘tarib
turilishi yordam beradi. Sakrovchi burilish vatidagi barcha harakatlarni
tez bajaradi, yuzini pastga qaratadi va chap qo‘lda ko‘tariladi (bu
paytda o‘ng qo‘l panjasi o‘ng yelka yaqinida bo‘ladi). Sakrovchi
langarcho‘pda burilishni oyoqlarni baland ko‘tarib tayanchga o‘tish
bilan tamomlaydi va bunda o‘ng elka langar yaqinida bo‘ladi. Planka
ustidan o‘tish qo‘llarni kuch bilan yozishdan boshlanadi. Sakrovchi
langarcho‘pning rostlanish kuchi va gavdaning ko‘tarilishidan
foydalanib, qo‘llari bilan o‘zini turtib yuboradi.
Chap qo‘l bo‘shab bukiladi va yuqoriga silkinadi, bu silkinish o‘ng
qo‘lning to‘la to‘g‘rilanishi natijasida tez va shiddat bilan turtinib
tugallanishiga yordam beradi. Langarcho‘pdan turtinish uning erga
nisbatan qiyalik burchagi 85-90
o
ga teng bo‘lgan paytda tugaydi.
Sakrovchi turtinishni tugallayotib, panjasining oxirgi
harakati bilan
langarcho‘pni planka tomon og‘maydigan qilib, orqaga uloqtirib
yuborishi kerak. Qo‘l langarcho‘pdan uzilgandan so‘ng sakrashni
319
tayanchsiz sakrash qismi boshlanadi va bu uchish qismi deb ataladi.
Bu o‘z ichiga plankadan o‘tishni va qo‘nishni oladi.
Sakrovchi langarcho‘pdan ko‘tarilishni (turtinishni) tugatayotganda
oyog‘i yuqorida ekanidayoq plankadan yuqori ko‘tariladi. Havoda
oyog‘ini tez planka orqasiga tushiradi. Gavda sal bukilib,
yoysimon
shaklga o‘xshash shaklda bo‘lib, bosh pastda, o‘ng qo‘l turtinishni davom
ettirayotgandek pastga cho‘zilgan, chap qo‘l qattiq bukilgan, tirsagi yon
tomonga qaragan bo‘ladi. Sakrovchi inersiya bilan uchishni davom ettirib,
planka ustidan aylanib o‘tadi. Bu paytda sakrovchi o‘z holatini yaxshi
sezishi va harakatlarni o‘z vaqtida bajarishi kerak. Ikkala son plankadan
o‘tgandan keyin oyoqlarni pastga tashlash, planka ustidan o‘tayotganda
qorin va ko‘krakni ichiga tortish va h.k.
Planka ustida yelka, bosh va
qo‘llarni ko‘tarishga shoshilmaslikning ayniqsa katta ahamiyati bor.
Unday paytda sakrovchi yelkalari bilan boshini orqaga tortib, g‘ujanak
bo‘lib, pastga tushadi. U havoda oyoqlarini ko‘tarib “burchak” hosil
qiladi. Qo‘llarini sonlariga yopish tiradi, bo‘yin mushaklarini taranglab,
iyagini ko‘kragiga qisadi. Planka atrofida boshlangan aylanishni davom
ettirib, sakrovchi orqa tomoni bilan yerga tushadi va kuragida dumalaydi.
G‘ujanak bo‘lib tushish yumshoq va xavfsizdir.
Ayollarda langarcho‘p bilan sakrash
texnikasi sirtdan qaraganda
erkaklarniki bilan bir xildir. Lekin tezligi, kuchi, langarcho‘p
egilishining kataligi, uning burchagi va boshqa biomexanik harakatlar
erkaklarnikidan ancha pastroqdir.
Ko‘pchilik ayollarda yelka kamari va qorin mushaklarida kuch-
sizlik harakterli hisoblanadi. Oyoqlarni ko‘tara turib sakrovchilar
grup
pirovka (g‘ujanak bo‘lish) holatini oxirigacha bajarmay va
oyoqlarni o‘tkazib oyoq uchini langarcho‘pni oxirgi nuqtasi, ya’ni
turtib yuborishda ushlagan joyiga yaqinlashtirmaydilar. Ko‘rsatilgan
mushak guruhlarini kuchsizligi faol aylanib o‘tishni ta’minlamaydi.
Shu bilan birga bu langarni uchio‘da ham kuzatiladi. Tanani egilishida
gruppirovkani (g‘ujanak bo‘lishni) oxirigacha bajarilmasligi
oyoqlarni uchini vertikal holatda yo‘naltirishga qiyinchilik tug‘diradi.
Ko‘pchilik ayol sakrovchilar langarcho‘pdan uzoqlashib, plankadan
o‘tishadi, ko‘krak bilan to‘liq burilmasdan, ayrimlari esa
yon tomon
bilan amalga oshiradilar.
320
Ayollarda langarcho‘p bilan sakrash texnikasini tahlil qilish nati-
jasida quyidagi xulosalarga kelish mumkin: ayollarning yaxshi
koordinatsion imkoniyatlari ularga yugurib kelish, osilishlarda erkak-
lardan qolishmaydi. Lekin ularning organizmi langarcho‘p bilan sak-
rash texnikasining quyidagi elementlarini (qismlarini) bajarishda,
ya’ni g‘ujanak (gruppirovka) holatida siltanishga, aylanib o‘tishda,
ko‘tarilish fazasida tanani yuqoriga ko‘tarib tashlashda qiyinchiliklar
tug‘diradi.
Ayollarni langarcho‘p bilan sakrashga shug‘ullantirishda ularni
yerga
tushishi, ya’ni qo‘nishiga alohida e’tibor qaratish zarurdir.
Dostları ilə paylaş: