309
4. Depsinish tezligi
5. Gorizontal tezlik
6.
Vertikal tezlik
7. Sapchish
8. Usul va usullar
9. Sakrash fazalari
10. Fazani bajarish usullari
11.
Fazani bajarish vazifalari
12. To‘lqin
13. Hatlab o‘tish
14. Oshirib tashlash
15. Fosbyuri
– flop
O‘z – o‘zini nazorat qilish uchun savollar:
1. Balandlikka sakrashning sport turi sifatida shakllanishi va
rivojlanishi qaysi davrlardan boshlangan?
2. Balandlikka sakrash bo‘yicha musobaqalarni kim boshqaradi?
3. Balandlikka sakrash bo‘yicha musobaqalarida nechta hakam
bo‘ladi?
4. Balandlikka sakrashni oxirgi qadamlari qanday bajariladi?
5. Agar, sakrovchi sportchi qanday ko‘rinishdagi
harakatlarni
amalga oshirsa, u holatda sakrashga urinish hisobga olinmaydi:
6. Yugurish tezligi qanaqa bo‘ladi?
7. Depsinishda UOM qanaqa holatda bo‘lishi muhim rol o‘ynaydi?
8. Balandlikka sakrash uzoqligi nimaga bog‘liq bo‘ladi?
9. Balandlikka sakrash tezligi qanday bo‘lishi kerak?
10. Balandlikka sakrashuchun necha metr masofadan yugurib
kelish kerak?
11. Erkaklar o‘rtasida balandlikka sakrashbo‘yicha dunyo rekordi
qaysi davlat vakiliga tegishli?
10. Ayollar o‘rtasida balandlikka sakrash bo‘yicha dunyo rekordi
qaysi davlat vakiliga tegishli?
11. Balandlikka sakrash shartli ravishda nechta asosiy tuzilmaviy
fazalarga bo‘linadi?
310
V BOB. LANGARCHO‘P BILAN SAKRASH
5.1. Langarcho‘p bilan sakrashning rivojlanishi
Langarcho‘p bilan balandlikka sakrash sport mashqlari sifatida
birinchi marta Angliyada, 1866-yilda o‘tkazilgan mamlakat
chempionatida musobaqalar tarkibidan joy egallagan bo‘lib,
bunda
dastlabki g‘olib sifatida D.Uiler qayd qilingan va u 3,07 metr natija
ko‘rsatgan. Bu vaqtda sport anjomi (snaryad) sifatida qattiq va og‘ir
daraxt (qora qayin, shumtol, gikori) yog‘ochidan sakrash tayog‘i
yasalgan. Bu anjomga va sakrash texnikasiga belgilangan maxsus
talablar mavjud bo‘lmagan. Shu sababli, ayrim sportchilar tayanib
sakrash uchun tayoqning uchki qismiga uch oyoqli metaldan yasalgan
tirgak o‘rnatib olishgan. Yugurib borgan sportchi tayoqning uchki
qismida joylashgan uch oyoqchali tirgakni
planka oldida yerga
qadagan holatda qo‘llari yordamida mahkam ushlagan holatda,
arqondan sakrash ko‘rinishida plankadan oshib o‘tishni amalga
oshirgan. Keyinchalik oyoqlarni ko‘targan holatda, tayoqqa tiralib,
plankadan oshib o‘tish amalga oshirilgan.
1889-yilda birinchi marta langarcho‘p bilan sakrash musobaqalari
tartibi ishlab chiqilgan bunda o‘zgartirishlar kiritilgan, jumladan
tayoqni qo‘llar yordamida quchoqlab ushlash ta’qiqlangan. Tayoqchani
tirash uchun maxsus qutilardan foydalanilgan. Bu o‘zgartirishlar
yugurish uzunligi masofasi va tezligini oshirishga olib kelgan.
Og‘ir va foydalanishga noqulay bo‘lgan sarkash tayoqlari o‘rniga
yengil, elastik holatdagi bambuk yog‘ochidan ishlangan tayoqlardan
foydalanish belgilangan. Sakrash texnikasiga kiritilgan o‘zgartirishlar
natijalarning tezlik bilan o‘sishiga olib kelgan.
Jumladan,
1912-yildayoq M.Rayt (AQSh) tomonidan 4 metrlik balandlik
zabt etilgan. Bambuk yog‘ochidan tayyorlangan langarcho‘p bilan
balandlikka sakrashda erishilgan maksimal qiymat 4,77 metrni tashkil
qiladi (K.Uormyerdam, AQSh, 1942-yil). Bambuk yog‘ochidan
tayyorlangan tayoqlar mustahkamligi bilan alohida darajada ajralib
turmagan, ko‘pincha holatlarda sinib ketgan,
namlik va harorat
o‘zgarishlariga yomon holatda reaksiya ko‘rsatgan.
311
Bambuk yog‘ochidan tayyorlangan tayoqlar 1945-yilgacha muso-
baqalarda foydalanilgan.
Metaldan yasalgan tayoqlar nisbatan mustahkam va ishonchli
bo‘lsada, biroq elastiklik xususiyati kamligi sababli natijalarning
sezilarli qiymatda o‘sishiga olib kelmagan. Faqatgina, 15-yil
o‘tganidan keyingina amerikalik sportchi R.Gutovski oldin erishilgan
natijani 1 sm ga yaxshilashga muvafaq bo‘lgan.
1960-yilda Rim shahrida o‘tkazilgan XVII Olimpiada musoba-
qalarida Amerikalik sportchi D.Breggu o‘z vatandoshi tomonidan o‘r-
na tilgan dunyo rekordini yaxshilashga muvafaq bo‘lgan (4,80 metr).
53-rasm
Langarcho‘p bilan sakrashning evalyutsion o‘zgarishi
Albatta, bunda elastik xususiyatga ega bo‘lgan sintetik tayoqlar
yaratilmaganda balandlikka sakrash bo‘yicha dunyo
miqyosidagi
olg‘a ketishlar tempini tasavvur qilish qiyin bo‘lar edi. 1963-yilda
tomonidan bu ko‘rinishda yaratilgan langarcho‘p bilan besh metrlik
balandlik zabt etilgan. Yangi yaratilgan sakrash tayog‘i ichi bo‘sh
quvur shakliga ega bo‘lib, «fiberglas» sintetik materialidan (alyuminiy
va po‘latdan mustahkam hisoblangan, epoksid smola bilan biriktirilgan
shishatola) yasalgan, uzunligi 5 metr, og‘irligi qiymati 4 – 5 kg ga teng
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: