299
47-rasm.
Erkin oyoqda silkinch
harakati
48-rasm.
Tayanib silkinch
holatni bajarish
49-rasm.
Tayanib depsinuvchi
oyoqni qo‘yishni taqlid qilish
50-rasm.
Tayanchsiz depsinuvchi
oyoqni qo‘yishni taqlid qilish
2-vazifa.
Depsinish texnikasini o‘rgatish, a) «hatlab o‘tish».
Vositalari:
1. D.h. – boshqa oyoqni itarilish uchun tovondan butun oyoq kaftiga
qo‘yish, gavdani oldinga-yuqoriga elastik oyoqqa (depsinuvchi)
siljitish.
2. Xuddi shu organda.
3. D.h. – gimnastika devorchasining chap yonda turgan holda,
ko‘krak barobarida ushlanadi. O‘ng
oyoq bukilgan va orqaga
qaratilgan. O‘ng oyoqni oldinga-yuqoriga silkish.
4. Shunday, lekin silkinadigan oyoqni yuqoriga ko‘targanda,
tayanch oyoqni o‘ziga ko‘tarilish.
5. Shunday, lekin depsinib.
6. Shunday, lekin bir, ikki, uch qadamdan yugurib kelib sakrash.
300
7. Shunday, lekin yuqoriga olib qo‘yilgan predmetga oyoq va
boshini tekkizish.
8. D.h. –
chap oyoq oldinga, o‘ng oyoq orqada. Butun oyoq bo‘yi-
cha, ikkita katta qadam qilish. Tosni yelka va gavdadan oldinroqqa
chiqarishga e’tiborni qaratish.
9. D.h. – gimnastika devorchasiga chap tomon bilan turib, chap
qo‘l bilan bel barobarligida uning jerdidan ushlash. Depsinish oyog‘ini
orqada qoldirib, silkish oyog‘ida yarim o‘tirish. Tosni
oldinga chiqarib,
tez harakat bilan depsinish oyog‘ini oldinga qo‘yish.
10. D.h. – o‘ng oyoq oldinga, chap oyoq orqada. Yurib kelib dep-
sinib yuqoriga sakrash.
Havoda tezda silkish, oyog‘ini va qo‘lni past ga
tushirish, tosni yanada oldinga chiqarish. Bir vaqtda depsinish oyog‘i-
ni tizzalardan bukish,
oyoq kaftini silkish, oyog‘ini dumba tagiga
tortib, silkish oyog‘ida qo‘nish.
Dostları ilə paylaş: