274
3.5. Kuch ishlatiladigan tayyorgarlik vositalari
Kuch ishlatadigan tayyorgarlik mashqlari uch hatlab sakrashda
bevosita ishtirok etuvchi asab mushak tizimini rivojlantirishga
yo‘naltirilgan. Bunda asosiy e’tibor oyoqlar va gavdaning orqa tomon
mushaklarning nisbiy kuchi yuqori darajadadir. Masalan,
yetuk
sakrovchilar bosh uzra orqaga yadroni 16-17 m masofaga itqitadilar,
155-175 kg.li shtanga bilan o‘tirib tura oladilar.
Kuch ishlatiladigan tayyorgarlikda asosiy ish o‘rtacha va bir
vaznlar bilan olib boriladi. Maksimal vaznli mashqlar davriy ravishda
qo‘llaniladi. Kuch hislatlarini rivojlantirishda asosiy
talab bajarish
tezligini oshirish hisoblanadi.
Sakrovchi mahorati ortib borishi bilan uch hatlab sakrashda
bevosita ishtirok etuvchi mashqlar guruhining kuch hislatlarini rivoj-
lantirish vazifasini hal etish lozim bo‘ladi.
Musobaqalar davrida
asab-mushak tizimining tarangligi oshib boradi. Shuning uchun ham
bu holda katta tezlikda bajariladigan qisqa vaqtli yuklamali kuch
ishlatiladigan mashqlar qo‘llaniladi. Bunday mashqlar organizmga
tetiklashtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi va kelgusida sakrash
va kuch
ishlatiladigan mashqlarni yengil bajarishga yordam beradi. Shu bois,
taniqli va kuchli sakrovchilar musobaqalardan oldin badan qizdirish
vositasi sifatida qo‘l va kuch ishlatiladigan mashqlarni qo‘llaydilar.
Kuch ishlatiladigan tayyorgarligining zaruriy va tez-tez qo‘lla-
niladigan mashqlarni keltiramiz (mashqlarni
bajarish amplitudasi va
vazn sakrovchining tayyorgarlik holatiga va boshqa omillarga bog‘liq
holda tiklanadi).
Dostları ilə paylaş: