2-vazifa. Uch hatlab sakrashning qisqa yugurib kelishdan baja-
riladigan oddiy texnikasini o‘rgatish.
3-vazifa. «Sapchish» va «qadam»dan keyin erga tushish va
depsinish uchun oyoqni to‘g‘ri qo‘yishni o‘rgatish.
4-vazifa. «Sapchish»ni «qadam»lab sakrash bilan bog‘lashni o‘r-
gatish.
5-vazifa. «Qadam»ni «sakrash» bilan bog‘lashni o‘rgatish.
6-vazifa. Uchinchi «sakrash» texnikasini o‘rgatish.
7-vazifa. O‘rta masofada va uzoqdan yugurib kelib, uch hatlab
sakrash ritmini o‘rgatish.
8-vazifa. Yugurib kelish texnikasini takomillashtirish va uning
optimal uzunligini aniqlash. Depsinuvchi oyoqni taxtaga aniq tushi-
radigan bo‘lish.
Uch hatlab sakrash texnikasini o‘rgatishning mazkur uslubiyati
yosh sakrovchilarni tayyorlashning boshlang‘ich bosqichlarida zarur-
dir.
Mashg‘ulotlar vaqtida sakrash harakatining to‘g‘ri bajarilishini
doimo nazorat qilib turish kerak. O‘quv mashg‘ulotlari tugagach,
shug‘ullanuvchilar musobaqada o‘z kuchlarini sinab ko‘rishlari va
erishilgan natijalarni qayd etishlari lozim. Bunda «sapchib sakrash»
«qadam» uzunligini o‘lchash muhimdir.
Sakrash texnikasining kelgusida takomillashuvi shug‘ullanuvchi-
larning irodasi va jismoniy hislatlarini rivojlantirishga bog‘liq bo‘ladi.
Uch hatlab sakrash texnikasini o‘rganish dastlab engillashtirilgan yaxlit
sxemani o‘rganish, so‘ngra esa sakrovchini jismoniy tayyorgarlik
darajasi o‘sib borishi asosida uning individual xususiyatlarini hisobga
olgan holda, shu sxemani mashq qilish jarayonida mukamallashtirishni
o‘z ichiga qamrab oladi. Yu.Verxoshanskiyning «Uch hatlab sakrash»
kitobidagi ma’lumotlarga ko‘ra, yosh sportchi – sakrovchilar bilan ish
olib borish vaqtida shu narsa aniqlandiki, sakrash sxemasini dastlabki
270
o‘rganish jarayonini ikki bosqichda o‘tkazish maqsadga muvofiq
bo‘lar ekan.