475
Uloqtiruvchining bosqonga berilgan kuchi og‘irligini yengish
va unga markazga intiluvchi hamda urinma (tangenstial) tezlash
bag‘ishlashga sarflanadi. Bosqonni aylantirayotganda juda katta
markazdan qochuvchi kuch hosil bo‘ladi (60 m ga uloqtirganda bu
kuch 270 kg dan ortiq bo‘ladi). Uloqtiruvchi
ana shu kuchga qarshi
tura olish uchun bosqonga qarama-qarshi tomonga engashishga majbur
bo‘ladi. Bu esa uning aylanish vaqtida uning barqaror muvozanat
holatini saqlab qolishga yordam beradi.
98-rasm.
Bosqon uloqtirish joyi
Aylanishlar vaqtida uloqtiruvchi bilan bosqon bir o‘q
atrofida
aylanayotgan yaxlit sistemani tashkil qiladi. Uloqtiruvchi va tortib
turgan bosqon (aylanish vaqtida) faqat aylanma harakat qilib
qolmasdan, uloqtirish yo‘nalishida olg‘a intiluvchi harakatni ham
bajaradi. Aylanishlar tezligi tinmay o‘sib borishi kerak.
Dunyodagi
eng yaxshi uloqtiruvchilar bosqonni uch aylanishda uloqtiradilar.
Bosqon ushlash.
Bosqon dastasini avval chap qo‘ldagi
ko‘rsatkich, o‘rta, nomsiz barmoqlarning o‘rta bo‘g‘imlariga hamda
jimjiloqning o‘rta va tirnoq bo‘g‘imlari o‘rtaligiga kiygiziladi. Mazkur
barmoqlarning asosiy bo‘g‘imlari ularga tegishli kaft suyaklari bilan
bir chiziqda bo‘lib, kaft panja bo‘g‘imlarida bukilmay turadi. O‘ng
qo‘lning to‘rt barmog‘ini chap qo‘lning nomdosh barmoqlari ustiga
shunday qo‘yiladiki, bunda o‘ng qo‘lning tirnoq bo‘g‘imlari chap
qo‘lning asosiy bo‘g‘imlariga mahkam yopishib turishi kerak. Bosh
barmoqlari esa bir-biri ustiga krest shaklida joylashadi (chap, o‘ng
ustiga). Bunday usul kuchli uloqtiruvchilarga 300
kg dan ortiq kuch
bilan tortilayotgan bosqonni tutib qolishga yordam beradi.