Yengil atletika va uni


Burilishlarning qo‘sh tayanchli fazalari



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə225/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

Burilishlarning qo‘sh tayanchli fazalari.
Uloqtiruvchi birin chi 
burilishni bosqon gavdaning o‘ng tomonida yelka bo‘g‘imi baland-
ligi gacha tushgan paytidan boshlaydi. Qolgan burilishlar oldingi 
burilishlardan keyin, o‘ng oyoqni yerga qo‘yishdan boshlanadi 
va bunda bosqon shari o‘ng tomonda taxminan yelka bo‘g‘imi 
balandligida yoki undan yuqoriroqda bo‘ladi. Bu paytda gavda chapga 
engashadi, oyoqlar sal bukilgan bo‘ladi, lekin chap oyoq o‘ng oyoqqa 
nisbatan ko‘proq bukilgan.
Burilishga kirish.
Hamma burilishlar ham uloqtiruvchining 
elka bo‘g‘imini chapga aylantirishi bilan boshlanadi. Uloqtiruvchi 
bosqonni pastga eng quyi nuqtagacha siljitib, elka kamarini tos 
bilan bir tekislikda joylashadigan holatgacha chapga buradi va chap 
oyog‘ini yozib, gavdasini bir oz orqaga tortadi. Har bir burilgan sayin 
bosqonning tortish kuchi (markazdan qochuvchi kuch) orta borishi 
tufayli gavda orqaga ko‘proq tortila boradi. Bosqonning eng quyi 
nuqtasi birinchi burilish vaqtida uloqtiruvchidan o‘ng va pastroqda, 
uning tosiga nisbatan taxminan 30-40
0
holatida bo‘ladi. Burilish 
vaqtida bolg‘aning aylanish sathi chapga siljishi sababli quyi aylanish 
tomoniga qarab siljishi mumkin. Eng yaxshi uloqtiruvchilarda bu 
nuqta tananing o‘rta chizig‘idan (sagittal yuzadan) siljib o‘tmaydi, 
lekin uchinchi burilishda unga yaqinlashuvi mumkin. Agarda bu 


480
nuqta tananing o‘rta chizig‘idan o‘tsa, bosqon harakatini tezlashtirish 
qiyinlashadi. Uloqtirish natijasi ham past bo‘ladi. 
Uloqtiruvchi yelka kamarini toki tos sathi bilan tenglashguncha 
chapga buradi. Qo‘llarini oldindan-o‘ngdan siljitadi chap qo‘l bosqon 
bilan yaxlit chiziq tashkil qiladi; oyoqlar yarim bukilgan, chap oyoq 
o‘ng oyoqqa nisbatan ko‘proq bukilgan holatda bo‘ladi. Bu paytda 
bosqon shari sportchining chap qo‘l bosqon bilan yaxlit chiziq tashkil 
qiladi; oyoqlar yarim bukilgan, chap oyoq o‘ng oyoqqa nisbatan 
ko‘proq bukilgan holatda bo‘ladi. Bu paytda bosqon shari sportchining 
o‘ng oyoqning tizzasigacha pastga tushadi.
Burilishlar vaqtida boshni dastlabki aylantirishdagi kabi to‘g‘ri 
tutish kerak. Boshni sal chapga qiyshaytirish mumkin, lekin har doim 
bolg‘a tomonga qarab turish lozim.
Yelka kamari tos bilan bir (frontal) yuzaga o‘tgan zahoti, uloqtiruvchi 
chap oyoq tovonida va o‘ng uchida chapga aylana boshlaydi. Buning 
natijasida chap qo‘l bilan bir chiziqda turgan bolg‘a ham chapga qarab 
tortiladi.
Uloqtiruvchining ikkala oyoqda aylanishi gavda chapga burilib 
bo‘lguncha davom etadi (birinchi burilishda dastlabki holatdan 90
0

ikkinchi va uchinchi burilishda esa 75
0
-80
0
gacha). Uloqtiruvchi chapga 
aylanish bilan bir vaqtda oyoqlarini tizza bo‘g‘imidan sal yozadi. Tana 
og‘irligi chap oyoqqa o‘tadi. Shunday keyin chala yozilgan o‘ng oyoq 
bilan siltanib, faqat chap oyoqqa o‘tadi.
Birinchi burilishda bosqon shari uloqtiruvchining dastlabki 
holatidan chap tomonda yelka bo‘g‘inlari balandligigacha ko‘tariladi. 
Ikkinchi va uchinchi burilishlarda esa yelka bo‘g‘inlaridan ancha 
pastda bo‘ladi.
Uloqtiruvchi har bir burilishda bir yarim-ikki poy orqaga, uloq-
tirish tomoniga siljiydi. Burilishlar vaqtida o‘ng oyoq poyi chap 
oyoq qa yaqinlashtiriladi. Demak, uloqtiruvchining poylari uloqtirish 
yo‘nalishida ikki parallel chiziq bo‘ylab emas, balki taxminan shu 
yo‘nalishda bir-biriga yaqinlashuvchi chiziqlar bo‘ylab siljiydi. Poy 
uchlari sal kerilgan bo‘ladi.
Uloqtiruvchining qo‘sh tayanch fazasida aylanishni tezlashtirishda 
qatnashuvchi yirik muskul gruppalarining ishi uchun qulay sharoit 


481
vujudga keladi. Shuning uchun har bir burilishning qo‘sh tayanch 
fazasi bosqonni tezlashtirish uchun eng qulay holatdir.

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin