483
Orqaga egilayotganda tosni oldinga siljitmaslik kerak.
Uloqtiruvchi oyoqlarini to‘g‘rilashga
intiladi va shu bilan birga
gavdasini ham yuqoriroq ko‘tarishga harakat qiladi. Lekin faqat chap
oyoq to‘la to‘g‘rilanadi, o‘ng
oyoq esa sal bukilgan holda, uchi bilan
chapga buriladi.
Bolg‘aning tortilishini asosan chap
oyoq tutib turadi va uloqti-
rishning oxirida bu oyoq tagining oldingi qismi yerga tayanadi.
Harakat oxirida uloqtiruvchining gavdasi tizzadan sal bukilib turgan
o‘ng oyoq ustiga o‘tadi, bosh esa oxirgacha orqaga egiladi.
103-rasm
. Bosqonni qo‘ldan chiqrish
Bosqon yelka bo‘g‘ini balandligiga etganda uloqtirib yuboriladi.
Bosqonning tortilishi va harakat tezligi maksimal darajaga yetadi.
Bosqon qo‘ldan qo‘yib yuborilgan
zahoti uning uloqtiruvchiga
ta’sir etgan tortish kuchi yo‘qoladi, shu sababli gavdaning aylanish
tezligi oshadi, chunki endi u bolg‘aning qarshiligiga uchramaydi.
Muvozanatni saqlash va doiradan chiqib ketmaslik uchun
uloqtiruvchi
484
o‘ng oyog‘ining uchida aylanishni davom ettira turib, uni to‘g‘rilaydi,
chap oyoqni
yerdan uzib, o‘ng oyoq orqasiga chapdan orqaga
o‘tkazadi. O‘ng oyoqni esa tizza bo‘g‘imidan bukadi.
Dostları ilə paylaş: